Light | 22:05 / 28.07.2016
13960
5 daqiqa o‘qiladi

Ishda diqqatni jamlashga yordam beruvchi usullar

Ishxonada o‘zingizni yaxshi his qilishingiz va u yerdagi vazifalaringizni munosib uddalashingiz uchun ko‘p narsa talab qilinmaydi: buning uchun jismoniy va ruhiy qulaylik haqida unutmaslik lozim.  

1. Qilayotgan ishingni sev

Nima uchun ba'zilar qilayotgan ishlaridan rohat olishadi, ba'zilar esa yo‘q? Olimlar shu savolga javob izlab, katta hajmdagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan labaratoriya tadqiqotlari o‘tkazishdi va to‘plangan ma'lumotlar asosida ish haftasida yordam beruvchi quyidagi muhim xulosalarga kelishdi.

Natijalarga erish

Harvard biznes-maktabi professori Tereza Amabile va ruhshunos Stiven Kramer yirik kompaniyalarning 238 nafar ishchisidan 12 000 kundalikni to‘plab, ularning mukammal ish kuni nimalarni o‘z ichiga olishini tushunib yetishga haqarakat qilishdi. Ular qanday natijalarga erishishdi? Eng katta motivator “ma'lum bir ishda taraqqiyotga erishish” bo‘lib chiqdi. Xodimlar biror bir ishda muvaffaqiyatga erishgan kun (xoh ta'mirlash ishlari, xoh tikish-bichish, xoh yirik bitimlar tuzganda – farqi yo‘q) – ularning motivatsiyasi va faolligi keskin ko‘tarilganligi ma'lum bo‘ldi.

Xulosa: O‘z faoliyatingga qanday baho berishing sening oldinga intilishingga va yutuqlaringdan quvonishingga bog‘liq. 

O‘zing bajar

Ishdagi majburiyatlaring haqida o‘ylab ko‘r. Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, ishidan mamnun bo‘ladigan insonlar rahbariyat tomonidan buyruq berilishini kutib o‘tirmay, ishlarni mustaqil bajarishadi hamda o‘zlarining kuchli tomonlarini namoyon qilishadi. 

Do‘st orttir

Ma'lumotlarga ko‘ra, ishxonada do‘stlari ko‘p bo‘lgan kishilar o‘z majburiyatlarini bajarishga yetti barobar kuchli intilishadi. Ish – bu majburiyat. Shu bilan birga muloqot hamdir. Shu bois imkon qadar atrofingda 2-3 nafar ishonchli do‘sting bo‘lsin. Ular tufayli sen bajarayotgan ishingdan yanada ko‘p qoniqish hosil qilishing mumkin. 

O‘zgar

Tadqiqotning asosiy xulosasi shunday: yoqtirmagan ishingni qilma. Ko‘p yillarni o‘zingga yoqmagan ishda o‘tkazish – fojiaviy xato va keyingi pushaymonlarga olib keluvchi yo‘ldir. Agar biror sohaga qiziqib, boshqa sohada ishlasang, bundan ijobiy natija chiqishi amri mahol. Shu bois vaqt borida yoqmagan ishni yoqadigan ishga o‘zgartir. 

Ishning ahamiyatini angla

Biror bir ishda muvaffaqiyatga erishishning eng yaxshi usuli – beg‘araz motivga ega bo‘lish. Boshqacha qilib aytganda, ish senga nima berishi haqida emas, sen ishga nima bera olishing haqida o‘zingga savol ber.

 

2. Biroz mizg‘ib ol

O‘zingga takalluf ko‘rsatib, biroz mizg‘ib ol. Nega deysanmi? Uxlab turganingdan keyin bu maqolani yaxshiroq tushunasan va eslab qolasan. 

Shu bilan birga ijodkorlik salohiyati oshadi va motorika yaxshilanadi (Kaliforniya universiteti ruhshunosi Sara Mednikning ta'kidi). Kunning yarmida biroz mizg‘ib olish kishiga kuch baxsh etadi. 

Albatta, bir tomondan ishxonada uxlash muammo tug‘dirishi mumkin – bu seni yetarlicha ish bajarmayotgandek yoki dangasa qilib ko‘rsatishi ehtimoli mavjud.

Stenford universiteti olimi Jyemi Zayter esa mizg‘ib olishdan avval qahva ichishni tavsiya qiladi, chunki kofeinning insonga  ta'sir ko‘rsatishiga taxminan 45 daqiqa kerak bo‘ladi – bu esa tinch xonada yo mashinada uxlab olish uchun yetarli vaqt. 

 

3. Ko‘zingizga dam bering

Monitor qarshisida o‘tirib ishlovchilarning ko‘z oldi qorong‘ulashib ketsa va boshi og‘rishni boshlasa, rangli tasvirlar ko‘rishga yoki biror bir rang-barang o‘yin o‘ynashga harakat qilib ko‘rishi kerak, shunda ko‘zlar biroz dam oladi.