Jamiyat | 18:43 / 06.08.2016
33849
4 daqiqa o‘qiladi

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

1945-yil 6-avgustida AQSh harbiy havo kuchlari samolyoti Yaponiyaning Xirosima shahriga insoniyat tarixidagi birinchi atom bombasini tashlagan edi. 

Bugun, ushbu ayanchli va mudhish voqeaga 71 yil to‘ldi. Yadro quroli 1945-yil avgustidan so‘ng, hech qachon qo‘llanmasligiga umid qilgan holda, quyida ushbu fojia oqibatlaridan hikoya qiluvchi suratlarni e'tiboringizga havola etamiz. 

Xirosima shahrining tepadan ko‘rinishi. 1945-yil, avgust. Bomba tashlanishidan birmuncha vaqt avval. Bu yerda, Motoyasu daryosi sohilidagi aholi zich joylashgan hududi aks etgan. 

Xirosima shahrining 1945-yil avgustigacha olingan yana bir surati. 

Bomba tashlanishidan avval, Xirosima shahrining AQSh harbiy-havo kuchlari uchuvchilariga berilgan xaritasi. 

Bombardimonchi samolyot ekipaji komandiri A.F. Birch «Kichkintoy» deb nomlangan bombani belgilamoqda. Shundan so‘ng, u B-29 Superfortress «Enola Gay» bombardimonchi samolyoti bortiga yuklangan. Suratda o‘ng tomonda turgan fizik olim Ramsey 1989-yili fizika sohasi bo‘yicha Nobel mukofotini olgan. 

«Kichkintoy» B-29 Superfortress «Enola Gay» bombardimonchi samolyoti shlyuzi ustidagi chuqurchada. Uning uzunligi 3 metrni tashkil etgan bo‘lsada, og‘irligi 4 tonna kelgan. Biroq, uning ichiga joylashtirilgan radioaktiv uran moddasi atigi 64 kgni tashkil etgan. 

Atom bombasi tashlanganidan keyin ko‘p o‘tmay, bombardimonchi samolyotlardan biri tomonidan olingan suratda bomba portlashidan so‘ng havoga ko‘tarilgan chang-to‘zon va tutun aks etgan. Kuchli portlash 3,2 km diametrdagi barcha jonli va jonsiz narsalarni nobud qilgan. 

1945-yil, 6-avgust, tonggi 8:15dan so‘nggi atom bombasi portlashidan hosil bo‘lgan «qo‘ziqorin». Radioaktiv reaksiyaga kirishgan uran 15 kilotonna trotil kuchini hosil qilib, katta hajmdagi olovli sharni Tselsiy shkalasi bo‘yicha 3980 darajagacha qizdirib yuborgan. Ushbu tutun, Xirosima osmonida 6096 metr balandlikka ko‘tarilgan. 

Xirosima vayronalari. 1945-yil, kuzi. 

Xirosimadagi yuz bergan portlashning qoq markazi. 1945-yil kuzi. 

Xirosimaning noyob rangli suratlaridan biri, 1946-yil marti.

Xirosima ko‘chalaridan biri. Atom bombasi portlashi oqibatida havoda paydo bo‘lgan vakuum ko‘prik ostidagi oqova suv quvuri va piyodalar yo‘lagini ko‘tarib yuborgan. 

Portlash markazidan 800 metr uzoqlikdagi teatr binosidan qolgan narsalar – bir uyum bukilgan temir-tersak. 

Xirosimaning o‘t o‘chirish bo‘limi qoldig‘i. Uning ixtiyoridagi yagona mashinaning ham kuli ko‘kka sovurilgan

Xirosima markazining yana bir rangli surati, 1945-yil kuzi. 

Xirosima fojiasidan tirik qolgan xibayasilardan biri, 1945-yil, sentabr. 

«Bemorning tanasidagi kuyish izlari kimono libosining qoradog‘laridir». 

Xirosima portlashidan tirik qolgan yana bir jabrdiyda tanasini qoplagan keloid chandiqlari. Terining radioaktiv nurlardan himoyalanmagan joylarida shunday chandiq izlar paydo bo‘lgan.