Sport | 02:22 / 10.09.2016
7510
3 daqiqa o‘qiladi

O‘tkazib yubormang. Dam olish kunlaridagi muhim 5ta uchrashuv

Shanba va yakshanba kunlari Yevropada milliy chempionat o‘yinlari davom ettiriladi. Futbol muxlislarini bir qator qiziqarli o‘yinlar kutmoqda. 

APL. “Manchester Yunayted” – “Manchester Siti” (Shanba, Futbol 1. 16:30)

Mavsumni juda yaxshi boshlagan ikki Manchester jamoalari 4-turda o‘zaro to‘qnash keladi. Azaliy raqiblar to‘qnashuvi, shuningdek, ikki ajoyib mutaxassis o‘rtasidagi navbatdagi qarama-qarshilik. Ikki jamoaning o‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar solsak, ustunlik “Manchester Yunayted” tomonda ekanligi ko‘zga tashlanadi. Ular shu kunga qadar raqibi ustidan rasmiy o‘yinlarda 55 marotaba zafar quchgan. “Siti”da bu ko‘rsatkich esa 41tani tashkil qilmoqda. Shu o‘yinda g‘olib chiqqan jamoa turnir jadvalida peshqadam bo‘lib olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

La Liga. “Real” – “Osasuna” (Shanba, Sentanta Sport, 19:00)

“Real” va “Osasuna” shu kunga qadar La Liga o‘yinlarida 14 marotaba to‘qnash kelgan. Bu o‘yinlarning 9tasida madridliklarning g‘alaba qozongan. “Osasuna” esa 2 bor muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa, 3ta bahsda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. “Real” mavsumni yaxshi boshladi. Oldingi ikki turda g‘alaba qozonishni uddasidan chiqdi. Bugun ularga “Osasuna” raqiblik qiladi. Mazkur o‘yin avvalida Zidan jarohati sabab Iskoning xizmatidan foydalana olmaydi. Quvonarli tomoni esa Krishtianu Ronaldu bugun maydonga chiqish imkoniyatiga ega.

APL. “Liverpul” – “Lester” (Shanba, Futbol 1. 21:30)

APLning yana bir muhim uchrashuvlaridan biri Liverpul shahrida bo‘lib o‘tadi. Yurgen Klopp boshchiligidagi jamoa amaldagi chempion “Lester”ni qabul qiladi. Deyarli bir-biriga munosib bo‘lgan raqiblarning galdagi to‘qnashuvi futbol olami muxlislarini kutmoqda. Bu jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yinlar statistikasiga nazar solsak, “Liverpul” 33 marotaba “Lester”ni mag‘lub qilgan. “Tulkilar” laqabi ostida to‘p suradigan “Lester” esa 31 marotaba “Liverpul”ni mag‘lub qila olgan. Shunday ekan, deyarli bir-biriga munosib bo‘lgan jamoalar to‘qnashuvidir. O‘tgan mavsumda o‘tgan o‘yinlarda ikkala jamoa ham o‘z maydonlarida bo‘lgan bahslarda g‘alaba qozongan.

Davomi ...