Jahon | 14:37 / 11.09.2016
8532
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy kemalari Yaponiya suvlariga kirdi

Xitoy patrul kemalari Yaponiya da'vogarlik qiluvchi bahsli orollar hududiga kirdi. 

RIA Novosti axborot agentligi Yaponiya suvlari xavfsizligi xizmatidagi manbaga asoslanib xabar berishicha, Xitoyning 4ta patrul katerlari 11 sentabr kuni Sharqiy Xitoy dengizidagi bahsli Senkaku (Dyaoyuydao) orollari hududiga kirdi. Mazkur orollarni Yaponiya o‘z hududi deb biladi.

Xitoy kemalari «Yaponiya hududiy suvlariga bugun tongda kirib kelgan» va hududda 1,5 soat davomida bo‘lgan. Yaponiya chegarachilari radioaloqa orqali Xitoy kemalaridan «Yaponiya hududiy suvlarini zudlik bilan tark etishni» talab qilgan, biroq ularga nisbatan hech qanday faol harakatlar qo‘llanmagan.

Xabar qilishlaricha, 21 avgust kuni ham shunday hol kuzatilgandi. O‘shanda Yaponiya TIV bu haqda Xitoy hukumatiga rasman shikoyat yo‘llagan.

Ma'lumot uchun, Xitoy o‘tgan asrning 60-yillarida Yaponiyaning bu orolga da'volariga rasman e'tiroz bildira boshlagan. Pekindagilarning bildirishicha, arxipelag 15 asrdayoq xitoylik dengizchilar tomonidan ochilgan.

Bu hududda neft borligi aniqlangan. 

Yaponiya va Xitoy o‘rtasidagi Senkaku orollari bo‘yicha bahslar 2012 yil sentabrida, Tokio ushbu orollarni ularning egalaridan sotib olganini e'lon qilganidan avj oldi. Shundan beri Xitoy kemalari mazkur bahsli orollar yaqinida suzib yurib, tez-tez namoyishkorona ularga yaqinlashadi.

Mavzuga oid