Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHTga O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi uchun taklifnoma yuborildi
O‘zbekistonda 2016 yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
17 sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosiga 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun rasmiy taklifnoma yubordi.
"Biz YeXHTga diplomatik kanallar orqali rasmiy taklifnoma yubordik. Agar ular kuzatish missiyasi yuborsa – ularga xalqaro kuzatuvchi maqomi beriladi", — degan MSK vakili.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2 sentabr kuni, 78 yoshida vafot etdi. Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Shavkat Mirziyoyev tayinlandi.
Markaziy Saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov O‘zbekiston prezidenti saylovi 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti sayloviga xalqaro kuzatuvchilarni taklif qilish 23 noyabrgacha davom etadi.
Bundan avvalgi prezidentlik sayloviga YeXHT kuzatuvchilarning cheklangan missiyasini yuborgan edi. 2015 yilning 29 martida bo‘lib o‘tgan saylovni dunyoning 43 mamlakatidan 300ga yaqin xalqaro kuzatuvchilar kuzatishgan edi. Ular orasida MDH, YeXHT, ShHT, IHT va Umumjahon saylov organlari vakillari ham bor edi.
Mavzuga oid
10:00 / 01.12.2025
Qirg‘izistondagi saylovlar: Japarovga sodiq nomzodlar deyarli barcha okrugda g‘alaba qozondi
12:26 / 06.10.2025
YeI Gurjistondagi saylovlarni tanqid qildi
08:50 / 06.10.2025
Suriyada Asad ag‘darilganidan keyin birinchi saylovlar bo‘lib o‘tdi
08:30 / 06.10.2025