Fan-texnika | 20:57 / 23.09.2016
5591
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung xodimi xitoylik raqobatchilarga ma'lumotni sotishga uringani uchun hibsga olindi

Janubiy Koreya politsiyasi Samsung kompaniyasining yuqori lavozimdagi xodimini maxfiy texnologik ma'lumotni sotishga uringani uchun hibsga oldi. 

Politsiya janob Li deb atagan xodim xitoylik raqobatchilardan 14 va 10 nm.li texnologik jarayonlar bo‘yicha Samsung Exynos protsessorlarini ishlab chiqarishning o‘ziga xos jihatlari haqidagi ma'lumot uchun pul olmoqchi bo‘lgan. Ma'lumotni o‘g‘rilashga urinish kompaniyada aniqlangach, kompaniya politsiyaga murojaat qilgan.     

Hozirda kompaniya keyingi avlod qurilmalari uchun Exynos 8895 platformasini yaratmoqda, u 10 nm.li texnologik jarayon negizida quriladi.

 

Mavzuga oid