Jahon | 00:18 / 16.10.2016
23482
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Primore o‘lkasida Shimoliy Koreya kemasi rossiyalik chegarachilarga hujum qildi

Foto: RIA

Shimoliy Koreyaning baliq ovlovchi kemasi Rossiyaning Primore o‘lkasidagi iqtisodiy hududda uni tekshirmoqchi bo‘lgan rossiyalik chegarachilarga hujum qilishga urindi. Bu haqda RT xabar bermoqda. 

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, chegara qo‘riqlash kemasi Shimoliy Koreyaga tegishli "Daye Yang 10" kemasini tekshirmoqchi bo‘lib, unga tekshiruv o‘tkazuvchi guruhni tashlagan. Biroq koreys kemasi undagi chegarachilar bilan suzib ketib qolgan. 

Rossiyalik chegarachilar qoidabuzarlarni to‘xtatish uchun ogohlantiruvchi o‘q uzishgan, biroq kema to‘xtamagan.

"Qoidabuzar kemaning ketib qolmasligining oldini olish maqsadida uning vint-rul guruhiga katta kalibrli pulemyotdan otishga qaror qilingan. Kemaga soat 19:36da o‘q uzilgandan keyin, 19:44da kema boshqaruvni yo‘qotgan. Kemaning orqa qismiga o‘q tegishi oqibatida unga suv kira boshlagan. Otishma bajarilgan vaqtda baliq ovlovchi kema a'zolari kemadagi rossiyalik chegarachilarga hujum qilishga uringan. Bu tajovuzkor harakatlar oqibatida tekshiruvchi guruh a'zolaridan biri boshidan jarohat olgan", deyilmoqda xabarda.   

Ta'kidlanishicha, Rossiya FXX xodimlari nishonga olib o‘q uzishi oqibatida Shimoliy Koreya kemasi jamoasining 9 a'zosi yaralangan, ulardan biri olingan jarohatlardan vafot etgan.  

 

Mavzuga oid