Özbekistonning Vladivostok şahridagi (Rossiya) boş konsulxonasi ma'lumotiga köra, 2019 yil 30 oktabr kuni Primore ölkasi Arsenev şahrining markaziy kasalxonasida yöl-transport hodisasidan söng Özbekiston fuqarosi I.N. vafot etdi. 

TIV xabariga köra, mazkur holat yuzasidan tergov organlari tomonidan jinoiy iş qözğatilgan va tergov tadbirlari ötkazilmoqda.

5 noyabr kuni Çernigov tumanida is gazidan zaharlaniş oqibatida Özbekiston fuqarosi B.R. vafot etdi.

Ikkala hamyurtimiz ham Primore ölkasida qonuniy ravişda yaşagani va mehnat faoliyati bilan şuğullangani aytiladi.

Boş konsulxona mazkur vaziyatlarni nazoratga olgan hamda Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva şahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuboriş bilan boğliq konsullik-huquqiy, taşkiliy va boşqa masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda eslatib ötişiça, Rossiyaning Uzoq şarq federal okrugi (Amur oblasti, Kamçatka ölkasi, Magadan oblasti, Primore ölkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin oblasti, Yahudiy avtonom oblasti, Xabarovsk ölkasi, Çukotka avtonom okrugi) hududida joylaşgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok şahridagi boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.