Xitoy Lotin Amerikasi davlatlari bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda
Xitoy harbiy va terrorchilik bilan kurash sohasida Lotin Amerikasi hamda Karib ko‘rfazi mamlakatlari bilan hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Xitoyning hududdagi siyosati asoslari haqidagi hujjatda aytiladi. Uni “Sinxua” agentligi chop etgan.
Matnda ta'kidlanishicha, Xitoy Lotin Amerikasi va Karib ko‘rfazi davlatlari bilan hamkorlikni faollashtirib, mudofaa vazirligi hamda harbiy rahbariyatning do‘stona aloqalarini oshiradi. Shuningdek, mamlakat harbiylarining yuqoridagi davlatlar vakillari o‘rtasidagi ishchi uchrashuvlari o‘tkazilib, siyosiy muloqot kuchaytiriladi.
Matnga ko‘ra, Xitoy harbiy delegatsiyalar alishish va harbiy kemalar tashrifiga ko‘mak beradi. Tinchliklarparvar kuchlar va xodimlar tayyorlash sohasida ham professional hamkorlik chuqurlashadi.
Davlat tabiiy ofatlar oqibatini bartaraf etish, terrorchilik bilan kurash va xavfsizlikni ta'minlash borasidagi boshqa sohalarda ham hamkorlikni kengaytirish niyatida. XXR rejasida qurol va harbiy texnologiyalar savdosiga ko‘mak berish ham bor.
Bundan tashqari, hujjat matniga asosan, Pekin Lotin Amerikasi va Karib ko‘rfazi mamlakatlari bilan boshqa sohalarda, jumladan, energetika, moliya, resurslar, infratuzilma qurilishi, muhandislik ishlanmalari, transport, logistika, axborot va telekommunikatsiyalar sohasida ham o‘zaro hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
22:40 / 18.04.2024
Argentina NATO global hamkori bo‘lish istagini bildirdi
09:46 / 20.07.2023
O‘zbekiston turizm salohiyati Ispaniya va Lotin Amerikasi davlatlarida targ‘ib qilinadi
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023