Hindistonda xususiy samolyotlarni ijaraga berish xizmati ishga tushdi
Hindistonning badavlat kishilari transport vositasi sifatida ko‘pincha xususiy samolyotlarni tanlashadi. Laynerlar ijarasi — tez o‘sayotgan sanoat bo‘lib, Kanika Tekrival asos solgan reaktiv samolyot va vertolyot ijaraga berish bo‘yicha yangi JetSetGo startapi juda yaxshi ishlamoqda. Bu haqda CNN Money nashri xabar beradi.
Hindistonda aviatrafik o‘tgan yilning o‘zida 20 foizga o‘sadi. Shu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat Buyuk Britaniyadan o‘zib ketishi va IATA (International Air Transport Association) ma'lumotiga ko‘ra, 2016 yilga kelib aviatsion bozor kattaligi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egllashi mumkin.
Capgemini bergan ma'lumotga ko‘ra, mamlakatda 200 mingga yaqin millionerlar yashaydi. Tekrival JetSetGo startapiga 2012 yil asos soladi, hozir u 28 yoshda. Loyihani rivojlantirish yo‘lida qiz gender tengsizligiga duch keldi, bunday munosabatlar esa uni aslo qo‘rqitmadi: 21 yoshida u saratonga chalindi, davolangach, inson istagan maqsadiga yeta olishi mumkinligini tushunib yetdi.
JetSetGo mijozlarining umumiy kapitali 100 mln dollarni tashkil etadi.
Sayohat uchun ular 16 havo kemasidan istalganini tanlash mumkin. Qisqa parvoz narximijozlarga 3000 dollarga aylanadi, uzoq davom etuvchi sayohat esa 300 ming dollarni tashkil etadi.
JetSetGo birinchi ish kunidan boshlab juda daromadli bo‘ldi, xizmat marjasi o‘rtacha taxminan 11 foizni tashkil etadi. Tekrival so‘zlariga ko‘ra, bunda puxta tanlangan strategiya xizmat qiladi: kompaniya o‘z laynerlarini sotib olish g‘oyasidan voz kechdi.
Kanika Tekrival fikricha, Hindistonda hozircha bor-yo‘g‘i 300ga yaqin (AQShda ularning soni 40 mingni tashkil qiladi) xususiy samolyot mavjud bo‘lib, shaxsiy parvozlarga bo‘lgan qiziqish tobora ortmoqda.
Mavzuga oid
22:19
AQSh Hindistonga qariyb 300 ta tarixiy buyumlarini qaytaradi
14:50
O‘zbekistonda tahsil olayotgan hindistonlik yoshlar soni 5 mingdan oshgani ma’lum bo‘ldi
21:42 / 23.09.2024
Hindistonda yashin urishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
20:47 / 21.09.2024