Sport | 19:51 / 06.12.2016
6940
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab-internatida sport musobaqasi tashkillashtirildi

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi joriy yilning dekabr oyida “Xalqaro nogironlar kuni”ga bag‘ishlab Toshkent shahridagi maxsus maktab- internatlarida paralimpiya sportini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator sport musobaqalarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. 

Jumladan, 6 dekabr kuni Toshkent shahridagi Ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab-internatida yengil atletika, armrestling va dzyudo sport turlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 50dan ortiq bolalar ishtirok etdi.

Tadbir so‘ngida Assotsiatsiya tomonidan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.


 

Mavzuga oid