Iqtisodiyot | 15:43 / 09.12.2016
8144
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni xaridorlarni neft yetkazib berish hajmi qisqartirilishi haqida ogohlantirdi

Foto: economics

Saudiya Arabistoni neft xaridorlarini 2017 yil yanvarida yetkazib berish hajmi qisqartirilishi haqida xabardor etmoqda. Bu OPeK qarori bilan bog‘liqdir, deb xabar berdi Bloomberg PIRA Energy Group konsalting kompaniyasi bayonotiga tayanib. Unda aytilishcha, Saudiyaning 
Aramco neft kompaniyasi mijozlari tegishli bildirish xatini olishgan.

PIRA Energy Group ma'lumotlariga ko‘ra, bayonotda yetkazib berish hajmini qisqartirish turlicha bo‘lishi, biroq eng ko‘p bunday qisqartirish Shimoliy Amerikadagi mijozlarni qamrab olishi aytiladi.

Ma'lumot uchun, OPeK 30 noyabr kuni sakkiz yil ichida ilk bor neft olish hajmini sutkasiga 32,5 million barrelgacha kamaytirish haqida qaror qabul qildi. 

Mavzuga oid