Ba’zi tahlilçilar neftni 20-asrdagi mojarolarning asosiy sabablaridan biri deb hisoblaydi. Xöş, 21-asrning uçinçi ön yilligiga kelib, dunyoda neftning statusi qanday? Arablar hozir ham dunyo neft bozorini qalqita oladimi? Mavzu borasidagi savollarga “Geosiyosat” dasturida tahlilçilar Şuhrat Rasul va Kamoliddin Rabbimov javob berişdi.

Rabbimovning sözlariga köra, neftning strategik tovarga aylanişi XX asr boşida Ğarbiy Yevropa, AQŞ, Yaponiya mamlakatlari şiddatli sanoatlaşa boşlagan davrlarga borib taqaladi.

“Öşa davrda dunyodagi asosiy energetika mahsuloti kömir edi. Kömirni qazib oliş, gazni esa taşiş qiyin edi. Şunday paytda dunyo bozoriga neft kirib keladi. Keyingi 70 yilda eng köp sotilgan mahsulot bu – neft. XX asrdagi eng katta kompaniyalar va eng boy şaxslar neft bilan boğliq edi. Hozir ham iqtisodiyotning köplab tarmoqlari neftga boğlangan. Şu sababli ham dunyoda qudrat masalasi aynan neft bilan boğliq.

AQŞ – ötgan asrda ham, hozir ham eng katta neft işlab çiqargan va işlab çiqarayotgan, eng köp neft iste’mol qilgan va iste’mol qilayotgan davlat. Xitoy esa neftga bölgan ehtiyojining asosiy qismini import hisobidan qondiradi. Bugungi kunda katta miqdorda neft işlab çiqaradigan, Amerika yoki Ğarbning nazoratidan taşqarida bölgan davlatlar sanoqli: Eron, Venesuela, Rossiya.

Saudiya Arabistoniga kelsak, 1946 yilda AQŞ va Saudiya Arabistoni örtasida tarixiy kelişuv bölgan. Amerikaning öşa davrdagi prezident Ruzvelt (u paytda yurolmay qolgan, aravaçada edi) Saudiya podşohi Abdulaziz bilan Misrda tarixiy kelişuvga erişgan, ya’ni Saudiyaning xavfsizligini Amerika ta’minlaydi, Saudiyada çiqayotgan neftni Amerika sotib oladi, Saudiyaning içki işlariga aralaşmaydi, demokratiya va inson huquqlari deb boşini oğritmaydi. Şuningdek, Saudiya Arabistoni Isroilga teginmasligi kerak böladi. Mana şu kelişuv Saudiyaning juda ham katta ösişiga, qudratli davlatlardan biri bölişiga sababçi böldi.

AQŞning neft işlab çiqaruvçi davlatlar bilan diplomatiyasi – alohida diplomatiya. Çunki sovet ittifoqining qulatilişida ham Saudiya va Amerikaning ma’lum bir kelişuvlari rol öynagan. Şu bilan birga, Saudiya va Amerika örtasida ham neft bilan boğliq geosiyosiy inqirozlar bölgan, buni 1973 yilgi voqealar misolida köriş mumkin.

Ruzvelt va podşoh Abdulaziz örtasidagi kelişuvni hozir qisman amalda deyiş mumkin. Saudiya Arabistoni özining neft bozorini ançagina diversifikatsiya qilyapti. Lekin neft erasi tugaydigan bölsa yoki narxi juda ham tuşib ketadigan bölsa, Saudiya iqtisodiyotida inqiroz boşlanadi. Masalan, Qrim anneksiyasidan keyin Obama bilan Saudiya örtasida Rossiyani jazolaş uçun kelişuv bölgandi, natijada neft narxi juda ham tuşib ketdi. Keyinçalik Saudiya bir neça yil davomida narxni kötarişga harakat qildi, lekin erişa olmadi, çunki qolgan neft işlab çiqaruvçilar bozorga köproq neft çiqardi, ikki örtada Saudiyaning budjeti köplab daromadlarga ega bölmadi”, – deydi Rabbimov.