Falastinlik o‘smir isroillik harbiylar bilan to‘qnashuvda halok bo‘ldi
Falastinlik o‘smir Iordan daryosining G‘arbiy sohilida, Ramalloh shahri yaqinida isroillik harbiylar bilan to‘qnashuvda halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Frans Press axborot agentligi.
Voqea 18 dekabrga o‘tar kechasi Bayt-Rima qishlog‘ida yuz bergan. Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, qishloqqa harbiylar guruhi kirganda mahalliy yoshlar ularga tosh ota boshlashgan.
"O‘nlab norozilar xavfsizlik kuchlariga toshlar otganlar, oqibatda chegara politsiyasining bir vakili yarador bo‘lgan. To‘qnashuvning avj olishi oldini olish uchun harbiylar norozilarni tarqatish bo‘yicha choralar qo‘llagan va asosiy tartibbuzarlar tomoniga o‘q uzishgan", deb aytdi Isroil armiyasi vakili.
Falastin sog‘liqni saqlash vazirligida 19 yoshli, Ahmad Xazam Atta ismli falastinlik harbiylar o‘qidan halok bo‘lgani ma'lum qilindi.
Isroil mudofaa vazirligi vakili voqea vaqtida bir falastinlikning halok bo‘lgani va yana birining yarador bo‘lgani haqidagi axborot hali tasdiqlanmagani va tekshirilayotganini aytgan.