«Arsenal» futbolchilari Sanches jamoani tark etishi haqidagi xabarlardan tashvishlanishmoqda
«Arsenal» futbolchilari APLning 20-turida «Bornmut»ga qarshi o‘yinda qayd etilgan durangdan so‘ng jahlini namoyish qilgan jamoa yetakchisi Aleksis Sanchesning harakatlaridan xavotirga tushishmoqda. Futbolchilar Sanches ketish niyatiga tushganidan tashvishga tushishgan.
Daily Mail xabariga ko‘ra, o‘yindan so‘ng londonliklar 0:3 hisobida ortda bora turib, durangga erishganiga qaramay, Sanches kiyinish xonasida juda xafa o‘tirgan. Qolgan futbolchilar esa natijadan mamnun bo‘lishgan. Bu o‘yindagi g‘alaba jamoani turnir jadvalida uchinchi o‘rinda saqlab qolardi, durang tufayli londonliklar beshinchi o‘ringa tushib ketdi.
Mavjud shartnomasini haligacha uzaytirmagan va yarim yildan so‘ng erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan chililik futbolchiga Yevropaning bir qator grand jamoalaridan takliflar mavjud. «PSJ», «Yuventus» va «Manchester Siti» shular jumlasidan.
Yangi shartnoma tuzish uchun klub futbolchiga 180 ming funt miqdoridagi oylik maosh taklif qilmoqda, futbolchining talabi esa - 250 ming funt.
«Arsenal»da muhit tarang: «Bornmut»ga qarshi o‘yin vaqtida Sanches g‘azabini tiya olmadi
Mo‘maniy «Arsenal»ning to‘rtinchi o‘rni haqida. Klub ustidan kim istasa kulmoqda
Mavzuga oid
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
14:17 / 06.09.2024
Transfer oynasi sarhisobi: Top-15 klublarning yozgi kampaniyasi reytingi
12:06 / 01.09.2024
Yamal Messidan tezroq, Lukaku maydon o‘yinchisiga gol urdi
13:36 / 18.08.2024