Fransiya: dahşatli jarohat va 45+30-daqiqadagi gol

«Reyms» – «Lill» 0:2 
Gollar: 0:1 – 45+30 Diakite, 0:2 – 90+3 Devid.
«Reyms» – Diuf, Akeme, Agbadu, Okumu, Kone (Sangyui, 60), Munetsi, Kone, Atangana Edoa (Fofana, 72), Nakamura (Diakon, 72), Diakite (Hadra, 60), Ito.
«Lill» – Şevale, Ismaili (Gudmundsson, 83), Santuş, Alessandro, Diakite, Mandi (Mene, 73), Gomes (Haraldsson, 44), Mukau (Buaddi, 72), Kabella (Mbappe, 87), Saxraui, Bayo (Devid, 46).
Ogohlantirişlar: Atangana Edoa (46), Ismaili (67), Mukau (71), Fofana (90+2).
Çetlatiş: Kone (15).

Fransiya çempionatida öyin kuni «Lill» yarimhimoyaçisi Gomesning qörqinçli jarohati bilan yodda qoldi, u maydon markazida «Reyms» Kone bilan töqnaşuvdan keyin huşidan ketdi, bu holat uçun raqib futbolçisiga qizil kartoçka körsatildi. Angliyalik futbolçining yoniga yetib kelganlar darhol tibbiyot xodimlariga signal berişdi medikam, jamoadoşlari darhol uni bir yonga ağdrişdi, çunki jabrlanuvçi bu holatda tilini yutib yuborgandi. Arbitr darhol öyinni töxtatişga qaror qildi gazonda yotgan Gomesga roppa-rosa yigirma daqiqa davomida yordam körsatildi.

Futbolçini maydondan zambilga solib olib ketişdi, keyin esa u şifoxonaga olib borildi. «Lill» matbuot xizmati Gomes şifoxonada öziga kelganini xabar qildi. Öyin esa 45-daqiqalarda qaytadan boşlandi, ungaça futbolçilar çigalyozdi maşğulotlarini ötkazib turişdi. Şu tariqa, hisobni oçgan Diakitening goli qöşib berilgan 34 daqiqadan 30-daqiqasiga yozildi. Ikkinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda esa jamoaning asosiy töpurari Devid hisobdagi ustunlikni mustahkamladi.

Angliya: Salohning yangi rekordlari

«Ipsviç» — «Liverpul» 0:2
Gollar: Jota (60), Saloh (65).
«Ipsviç» – Uolton, Devis, Grivz, Vulfenden, Tuanzebe (Smodiç, 74), Luongo (Teylor, 65), Morsi, Hatçinson, Çaplin (Mayyers-Harness, 65), Berns (Jonson, 57), Delap (Al Hamadi, 74).
«Liverpul» – Alisson, Roberson (Tsimikas, 79), van Deyk, Kuansa (Konate, 46), Aleksander-Arnold (Bredli, 77), Mak Allister, Gravenberx, Dias, Soboslai, Saloh, Jota (Gakpo, 79).
Ogohlantirişlar: Vulfenden (6), Hatçinson (13), Berns (24), Gakpo (90+5).

Arne Slot allaqaçon özgaça işni bajarib böldi, çunki XXI asrda heç kim, hatto Yurgen Klopp ham «Liverpul» boşqaruvidagi ilk rasmiy öyinida ğalaba qozona olmagan. Buni uddalagan sönggi murabbiy 1998 yilda Jyerar Ule bölgandi. Lekin 22 yillik tanaffusdan keyin APLga qaytgan «Ipsviç» maydoniga safar oson keçmadi. Qizillar ustunlik qilişdi, ammo «traktorçilar» öz qadrdon tribunalari qarşisida ilhom bilan öynaşdi va penalti ham işlaşdi. Faqat VAR aralaşuvi mehmonlarni qutqarib qoldi, videohakamlar hujum bosqiçlaridan biridagi ofsaydni payqaşdi.

Öyin asosiy vaqtining bir soati yakunlanayotganida esa Saloh Aleksander-Arnoldning pasidan keyin raqibning ofsayd «qopqoni»dan qoçib qoldi va Diogu Jotani yakkama-yakka vaziyatga çiqarib yubordi. Muhammad Saloh keyingi golli hujumda ham ofsayd çiziğida harakatlandi va van Deykning diagonal uzatmasidan keyin ham, Soboslai bilan devor uslubida öynaganida ham töğri holatda ekani ma’lum böldi. Misrlik hujumçi beş daqiqa içida liganing ikki rekordini yangiladi: endi u APLning birinçi turlari böyiça eng yaxşi töpurar (9 gol) va eng samarador futbolçi (14 oçko).

«Arsenal» — «Vulverhemton» 2:0
Gollar: Havers (25), Saka (74). 
«Arsenal» – Rayya, Zinçenko (Timber, 69), Gabriel, Saliba, Uayt, Rays (Jyezus, 85), Parti, Edegor, Havers, Martinelli, Saka (Trossar, 80).
«Vulverhempton» – Sa, Ait-Nuri (Douson, 84), Gomeş, Moskera, Doerti, Lemina, Gomes (Sarabiya, 84), Gomeş (Podense, 75), Bellgard (Kunya, 57), Hvan Hi Çan, Larsen (Şikinyu, 84).
Ogohlantirişlar: Gomes (23), Gomeş (38), Saka (60), Jyezus (88).

Yil boşidan buyon Angliya çempionatidagi 20 öyindan 17 tasida ğolib bölgan «Arsenal» ham mavsumni işonçli boşladi. «Emireyts»da keçgan bu öyinda barçasi oddiy keçdi. Saka birinçi bölimda ajoyib uzatma bilan töpni Haversning boşiga yetkazib berdi, tanaffusdan keyin esa öz uslubida qanotdan markazga köçib, yaqin burçakka kuçli va aniq zarba yölladi. Londonliklarga ikkinçi gol juda zarur edi, çunki hisob qaltis qolayotgan, «börilar» mağlubiyatdan qutulib qoliş uçun imkoniyatlarga ega bölayotgandi. Masalan, birinçi bölimda mehmonlarning bir hujumi öta xavfli çiqdi va mezbonlarni faqat Rayya qölini töğri qöya olişi qutqarib qoldi. «Arsenal»ning bu yozdagi asosiy xaridi Kalafiori öyinni zaxira örindiğida kuzatdi, uning pozitsiyasida Zinçenko örniga ötgan mavsumni oğir jarohat tufayli ötkazib yuborgan Timber tuşirildi.

«Vest Hem» — «Aston Villa» 1:2
Gollar: Paketa (37, penalti) — Onana (4), Dyuran (79).
«Vest Hem» – Areolya, Emerson, Kilmen, Mavropanos, Tsoufal (Todibo, 85), Rodriges (Ingz, 85), Quddus, Paketa (Uord-Prouz, 74), Souçek, Bouen (Sammervill, 73), Antonio (Fullkrug, 73).
«Aston Villa» – Martines, Din (Matsen, 74), Pau Torres, Konsa, Keş (Nedelkoviç, 82), Tilemans, Onana, Makginn (Remzi, 62), Beyli (Filojin-Baydeys, 74), Rojyers, Uotkins (Duran, 62).
Ogohlantirişlar: Beyli (8), Paketa (31), Filojin-Baydeys (90).

Favoritlar orasida eng qiyin raqib «Aston Villa»da edi. «Vest Hem» öz maydonida kuçli öyin körsatadi, qolaversa «bolğaçilar» boş murabbiyi Hulen Lopetegi uçun bu ilk öyin edi. Onananing tezkor goliga mezbonlar Lukas Paketa ijrosidagi penalti bilan javob qaytardi, uşbu braziliyalik futbolçini öyinlar natijalariga pul tikiş böyiça firibgarlik uçun futboldan çetlatişmoqçi. Ammo bu borada suriştiruv işlari davom etmoqda va APL londonliklarga uni qaydnomaga kiritiş uçun ruxsat bergan.

Lekin uning goli durang uçun ham yetarli bölmadi, Unai Emeri esa zaxira kuçlarni taşlaş evaziga vatandoş hamkasbi bilan duelda ğolib çiqdi. Aniqroği, ğalaba goli urilgan hujumda tört futbolçi iştirok etdi va barçasi qanotga diagonal uzatma bilan boşlandi, kartinadagi sönggi ikki ştrixni esa jokerlar çizişdi. Assistent rolidagi Jyeykob Remsi va töpga bir teginişda darvozani işğol etgan Duran. 20 yoşli kolumbiyalik APL öyinlarida atigi ön soatdan ortiqroq vaqt ötkazgan va örtaça 103 daqiqa oraliğida bittadan gol urmoqda. Bu borada undan tezkorroq birgina futbolçi bor - har 85 daqiqaga bitta goli töğri keluvçi Holand.

Ispaniya: 17 yoşlilar triosi

«Valensiya» — «Barselona» 1:2
Gollar: Duro (44) — Levandovski (45+5, 49 penalti). 
«Valensiya» – Mamardaşvili, Xesus Vaskes (Texon, 77), Gasorovski, Moskera, Korreyya, Gerra (Gilyamon, 86), Pepelu, Diyego Lopes (Fulke, 66), Rafa Mir (Otorbi, 77), Andre Almeyda (Dani Gomes, 66), Duro.
«Barselona» – ter Stegen, Balde (Martin, 64), Martines, Kubarsi (Kristensen, 64), Kunde, Kasado, Bernal (Erik Garsiya, 71), Ferran Torres (Pedri, 64), Rafinya, Yamal (Viktor, 86), Levandovski.
Ogohlantirişlar: Pepelu (38), Vaskes (45+5), Kubarsi (45+2), Kristensen (69), Kunde (81).

«Barselona» boş murabbiyi sifatidagi rasmiy debyutidan oldin Hansi Flik «Real» bilan raqobat töğrisidagi savolga optimistik javob qaytardi: «Bizda sifat darajasi yuqori, futbolda esa barçasi ğalaba yoki mağlubiyatga boğliq. Biz har bir öyinga tayyorlanamiz. Ixtiyorimdagi futbolçilardan könglim töq. Jarohatlanganlar ham qaytişsa, biz juda yaxşi — kuçli jamoa bölişimizga işonçim komil».

Gavi, Arauxo, Fati, Frenki de Yong (uni «MYu»ga qöyib yuborişmoqçi emas), Olimpiada qahramoni Fermin Lopes, Gundöğan (uning ketiş istagi töğrisida miş-mişlar tarqalgan), nihoyat, Olmo... Kök-anorranglilarda zaxira çindan ham yomon emas, masalan «Mestalya»dagi öyinda zaxiradan Pedri va Kristensen tuşişdi. Öyinning özi esa «Barsa» uçun oson keçmadi. Birinçi bölim oxirida gol ötkazib yuborgan kataloniyaliklar köp ötmay ikkinçi golni qabul qilib olişi ham mumkin edi. Bu vaziyatda Kubarsi töpni darvoza çiziği ustidan qaytarib yuborib, qahramonlik körsatdi. Yoş himoyaçining bu seyvi jamoani ijobiy natija uçun ilhomlantirdi, Baldening diagonal uzatmasidan keyin Yamal himoyaçidan özib ketgan Levandovskini golli pas bilan ta’minladi.

Ikkinçi bölim boşida esa polyak hujumçi Rafinya işlagan penaltini aniq ijro etib, dublni rasmiylaştirdi. Hozirda «Liverpul»ga transferi keng muhokama qilinayotgan Mamardaşvili esa tribunalar tomonidan huştakbozlikka uçragan sobiq valensiyaçi Ferran Torres uçinçi golni urişiga yöl qöymadi. «Barsa» öta kuçli öyin körsata olmadi, ammo kerakli natijaga erişdi. Va bu tarkibda birdaniga uç nafar 17 yoşli futbolçi — Yamal, Kubarsi va Bernal öynaganida röy berdi. Qolaversa, 20 yoşli Kasado ham boşlanğiç tarkibda debyut qildi.

Italiya: Vanoli «San-Siro»da ğalabani uşlab qololmadi

«Jyenoa» — «Inter» 2:2
Gollar: Volyakko (20), Messias (90+6) — Tyuram (30, 85). 
Aniq ijro etilmagan penalti: Messias (90+5). 
«Jyenoa» – Gollini, de Vinter, Bani, Volyakko (Vaskes, 60), Aaron Martin, Zanoli (Sabelli, 71), Frendrup, Badel (Osayuki, 86), Malinovskiy (Torsbyu, 71), Vitinya, Messias.
«Inter» – Zommer, Bastoni, Açerbi, Bissek, Dimarko (Karlos Augusto, 75), Darmian (Dumfris, 66), Mxitaryan (Frattezi, 66), Çalxonöğli (Torimiy, 75), Barella, Tyuram, Martines (Aslani, 86).
Ogohlantirişlar: Mxitaryan (16), Gollini (63), Aslani (90+9).

Çempionlar titul himoyasini Genuyada öta qiyin öyin bilan boşladi, safar öyinida jamoa hisobda ortda borişiga töğri keldi. Milanliklar ötkazib yuborilgan golga tezda javob qaytardi — Barella Tyuramning boşiga töpni qöndirib berdi. Keyin esa muammolar boşlandi, Badel ikki bor neradzurrilarning ikkinçi goliga töğanoq böldi. Birinçi holatda, arbitr 11 metrlik nuqtani körsatganida, işga VAR aralaşdi. Videotakrorda «Jyenoa» sardori töpga öynagani, keyin esa Tyuramning özi raqibning oyoğiga kelib urilganini köriş mumkin edi. Mezbonlar darvozaboni Gollini Lautaro Martinesning zarbasini qaytarganida va töpga birinçi bölib Dimarko yetib kelganida, uning zarbasi yölida Badelning boşi çiqib keldi. 

Öyinning ikkinçi bölimi ham voqealarga boy böldi. Hakam ikki marta «Inter»ning gollarini bekor qildi. Birinçi holatda sönggi pasni bergan Darmian yaqqol ofsaydda qolgan bölsa, ikkinçi epizodda VAR laynsmenning xatosini tuzatib, Tyuramning yana bir golini hisobladi. Bu ğalaba goli böladigandek köringandi, ammo qöşimça daqiqalarda öz jarima maydoni içida Bissek notöğri harakatlanib, töpni qöli bilan öynadi. Zommer Junior Messias tepgan töpni tösgan bölsa-da, braziliyalik qaytgan töpga birinçi bölib yetib kelib, hisobni tenglaştirdi. Mavsumning ilk turidayoq sensatsiya kuzatildi. Bu sönggi 14 yil içida amaldagi çempion ilk turda ğalaba qozona olmagan ikkinçi holat böldi.

«Milan» — «Torino» 2:2
Gollar: Morata (89), Okafor (90+5) — Tiau (30, avtogol), Sapata (68). 
«Milan» – Menyan, Tiav, Tomori, Kalabriya (Okafor, 83), Salemakers, Loftus-Çik, Binnosir (Reynders, 59), Pulişiç (Musa, 73), Leau, Çukvueze (Teo, 60), Yoviç (Morata, 60).
«Torino» – Milinkoviç-Saviç, Mazina, Koko, Voyvoda, Lazaro (Sazonov, 88), Bellanova (Dembele, 88), Iliç (Tamez, 71), Linetti, Riççi, Sapata (Karamo, 72), Sanabriya (Adams, 60).
Ogohlantirişlar: Riççi (45+3), Voyvoda (45+2), Yoviç (57), Tamez (90), Dembele (90+7). 

Futboldagi texnika hali mukammal emas. «San-Siro»da — Bellanovaning boş bilan yöllagan zarbasidan keyin töp ustundan qaytdi, çiziq ustida turgan «Milan» himoyaçisi uni uzoqlaştirdi — arbitr golni avtomatik qayd etiş tizimidan signal olmadi. Lekin VAR xonasidagilar barçasini körib turişgandi va ular yetkazgan xabardan keyin arbitr maydon markazini körsatdi, gol «Milan» himoyaçisi nomiga avtogol bölib yozildi. Sapata ikkinçi bölimda «Torino»ning ustunligini oşirganidan keyin esa Paulu Fonsekaning milanliklar boşqaruvidagi ilk öyini muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydigandek körina boşladi.

Ammo murabbiy futbolçilarni almaştiriş orqali barçasini özgartirdi. Mehmonlar boş murabbiyi Paolo Vanoli haqida unday deb bölmaydi. «Spartak»ning sobiq boş murabbiyi sobiq dinamoçi Sazonovni maydonga tuşirdi va bir daqiqa ötib undan özib ketgan Morata «Milan»ni kuraşga qaytardi. Qöşimça daqiqalarda esa zaxiradan tuşgan yana ikki futbolçi hisobni tenglaştiruvçi golni taşkillaştirdi — Musa qanotdan töpni oşirib berdi, unga yetib kelgan Okafor töpni tösin ostidan darvozaga joyladi. Milan jamoalari bir xil hisobda durang bilan boşladi.

Germaniya: «Bayyer» oldingidek

«Bayyer» — «Ştutgart» 2:2
Gollar: Bonifase (11), Şik (88) — Miyo (15), Undav (63).
(Penaltilar seriyasi — 4:3).
«Bayyer» – Gradetski, Inkapie, Tapsoba, Andrix (Şik, 73), Terre, Adli (Virts, 73), Belosyan (Grimaldo, 84), Jaka, Aleiş Garsiya, Tella (Frimpong, 73), Bonifase (Ta, 41).
«Ştutgart» – Nyubel, Mittelştedt (Kretsig, 63), Şabo, Ruo, Ştensel (Kaytel, 83), Ştiller (Undav, 62), Karazor, Fyurix (Dil, 77), Miyo, Leveling (Mvumpa, 63), Demiroviç.
Ogohlantirişlar: Ştiller (44), Jaka (60), Tapsoba (71), Demiroviç (71), Miyo (78), Bonifase (80), Ştensel (82), Virts (85), Frimpong (86), Şabo (86).
Çetlatiş: Terre (37).

«Bavariya» va «Borussiya» kabi boşqa top-klublar Germaniya kubogida quyi divizionlar vakillari bilan çigalyozdi öyinlarini ötkazayotgan mahalda, «Bayyer» va «Ştutgart» Superkubok uçun ajoyib öyin ötkazişdi. Ötgan mavsumda ham uşbu jamoalarning özaro töqnaşuvlari şiddatli keçgan, Leverkuzenda Xabi Alonso jamoasi öyin davomida ikki bor hisobda ortda borgan va 90-daqiqada ğalabani ilib ketgan (3:2), şvablar maydonidagi öyinda esa çempionlar qöşib berilgan oltinçi daqiqada mağlubiyatdan qutulib qolgandi (2:2). Bu öyinda ham jamoalar tezda gollar almaşib olişdi va «Ştutgart» xavfliroq hujumlar uyuştirdi.

Faqat birinçi bölimning özida darvoza tösini va ustunlari uç marta Gradetskiga yordamga keldi. Bundan taşqari, Terrening çetlatilişi «Bayyer»ning hayotini oğirlaştirdi. Fransiya çempionatidan kelgan yangi futbolçi maydon markazida töpni jamoada saqlab qolişga urinib, Demiroviçni qulatdi va «Ştutgart» 37-daqiqadayoq bir kişi köp bölib oldi. Ikkinçi bölimda maydonga jokerlar tuşib kelişidan keyin bu ustunlik hisobda ham aks etdi — qanot böylab oldinga taşlangan Kretsigning uzatmasidan keyin Undav darvozani işğol etdi.

Ammo «Bayyer» heç qaçon imkonsiz holatda qolmasligini yana bir bor namoyiş etdi. Frimpong amalda böş darvozani işğol eta olmaganida köpçilik jamoaning bu sehri yöqolgani haqida öylay boşlagandi. Ammo ular hammasi joyida ekaniga amin bölişdi — Grimaldo yana bir ajoyib uzatma berdi va sönggi daqiqalar qiroli Şik muvozanatni tikladi. Penaltilar seriyasida esa ruhiy ustunlik doriçilar tomonida edi va Gradetskining seyvi hamda Silasning xato zarbasidan keyin Leverkuzen Alonso boşqaruvidagi uçinçi sovringa ega çiqdi. Bu klub ungaça bölgan tarixida qölga kiritgan sovrinlardan bittaga köproq.

Kun statistikasi

  • «Marsel»ning yangi darvozaboni Ruli Pau Lopesdan köproq penalti qaytarişi uçun 1 öyin yetarli böldi. Provansalliklar darvozaboni (Pele) 11 metrlik zarbani qaytarişi oxirgi marta 2019 yil dekabrida kuzatilgandi.
  • «Parma» posboni Sudzuki A Seriya tarixidagi ilk yaponiyalik darvozabon böldi.
  • Grinvud «Marsel» safida debyutida dubl qilib, bu borada  Payyet va Suaresdan keyingi 3-futbolçi böldi.
  • «Fiorentina» himoyaçisi Biragi jarima zarbalarini 8-bor golga aylantirdi. A seriyada 2018/19 yillar mavsumidan buyon heç kim bunday natijaga erişa olmagan.
  • «Sporting» hujumçisi Dekereş Portugaliya çempionatining 13 öyinida kamida 2 tadan gol udi.
  • 39 yoş-u 39 kun — «Everton» himoyaçisi Eşli Yang APL öyinida maydondan çetlatilgan eng «keksa yoşli» futbolçi böldi.