Sport | 20:06 / 14.01.2017
16821
1 daqiqa o‘qiladi

Mourino matbuot anjumanida tomosha ko‘rsatdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino matbuot anjumani vaqtida barchani kulgusiga sabab bo‘lgan tomosha ko‘rsatdi.

Uchish rejimiga qo‘yishni unutib, diktofon sifatida murabbiy oldiga qo‘yilgan jurnalist telefoni jiringlab qoladi. Shunda matbuot anjumanida javob berayotgan Mourino telefonni o‘zi oldi va unga javob qaytardi.
Avvaliga Mourino qaysi telefon jiringlaganini anglay olmadi, keyin qo‘ng‘iroq bo‘layotgan telefonni topib olib unga javob berdi va jurnalistning kotibi vazifasini o‘tab uni telefonga chaqirib berdi.

Mazkur voqea videoyozuvi ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqaldi.

Mavzuga oid