Namanganda 13 nafar shaxsga O‘zbekiston fuqarosi pasporti tantanali tarzda topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida”gi farmoniga binoan 179 nafar shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berilgan bo‘lib joylarda ushbu shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi pasportini tantanali topshirish marosimi o‘tkazilmoqda.
Namanganda ham viloyat hokimligining majlislar zalida 13 nafar insonga O‘zbekiston fuqarosi pasportini bayramona tarzda topshirildi.
Tadbirda viloyat hokimi so‘zga chiqib, fuqarolikni qabul qilganlarni qizg‘in tabrikladi va ulardan mana shu ona zaminga sadoqatni kutib qolishini takidladi.
Pasportlarni qabul qilib olgan fuqarolarimiz Prezidentimizning qarorlaridan bag‘oyatda quvonishgani, bugungi sanani ular ancha yillardan buyon orziqib kutishganini va ushbu kun hayotlaridagi eng baxtli dam bo‘lib qolishini aytishdi.
Temurmalik Vohidov
Mavzuga oid
12:11 / 22.10.2024
Namangandagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
10:10 / 22.10.2024
3,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
10:54 / 20.10.2024
ETK montyori bilan til biriktirib elektrdan noqonuniy foydalangan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
10:36 / 19.10.2024