Jahon | 09:30 / 23.01.2017
20000
2 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili Tramp inauguratsiyasini butazorda kuzatgani haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili o‘zining feysbukdagi sahifasida ba'zi bir Ukraina OAVdan noroziligini yozib qoldirdi. Ular siyosatchining AQSh prezidenti Donald Tramp inauguratsiya marosimidagi ishtiroki ustidan kulishgan. Saakashvilining so‘zlariga ko‘ra, avvaliga uning marosimdagi ishtirokini yoritishdan bosh tortgan nashr keyinchalik “Rossiya bilan aloqador bo‘lgan kishilar tomonidan suratga olingan tasvirlarni tarqata” boshlagan.

Bu suratlar “Saakashvili inauguratsiyani to‘siqlar osha kuzatdi” sarlavhasi ostida taqdim etildi. Siyosatchining bildirishicha, aslida u bu vaziyatda chiqish eshigi yonida o‘z guruhi qolgan a'zolarini kutayotgan bo‘lgan.

“Ahmoqlar ahmoqligicha qoladi. Men hech nimani isbotlashim shart emas! Menda so‘nggi bir necha hafta ichida Tramp jamoasi bilan aloqalar bo‘ldi, ularning ko‘pchiligini shaxsan taniyman va Ukrainaning bu ma'muriyatdagi do‘stlari bilan ko‘proq hamkorlik qilmoqchiman.

Bir ular meni aeroportda yashirincha suratga olishadi, bir marosimdan chiqish chog‘ida tasvirga tushirishadi, keyin esa har xil ahmoqona gaplarni yozishadi. Bu biz to‘g‘ri yo‘lda ekanimiz va dushmanlarimiz bizdan qo‘rqishidan dalolat beradi”, - degan Mixail Saakashvili.

Saakashvili dushmanlariga “qora narsalar”ni yig‘ishda davom etishni taklif qilib, “Ukrainaning xalqaro pozitsiyalarini mustahkamlash uchun sheriklar va do‘stlar bilan ishlashda davom etishga” va'da berdi.

Mavzuga oid