Toshkentdagi Lomonosov nomidagi MDU filialida magistratura bo‘limining ochilishi rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston-Rossiya Hukumatlararo yig‘ilishida ikki mamlakat hamkorligining asosiy yo‘nalishlaridan biri ta'lim yo‘nalishi ekanligi qayd etildi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Lomonosov nomidagi MDU, Gubkina nomidagi Neft va gaz davlat universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti kabi yetakchi Rossiya oliy ta'lim muassasalarining filiallari muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.
Shu bilan birga O‘zbekiston Rossiya oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekani ta'kidlandi.
"Toshkent shahrida Lomonosov nomidagi MDU filialida magistraturaning amaliy matematika va informatika bo‘limi, kelajakda esa boshqa fakultetlar ochilishini taklif etamiz, birinchi navbatda - tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha", - dedi R.Azimov.
Shuningdek O‘zbekistonda uch asosiy yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-texnologik tadqiqot universitetlarini ochish taklif qilindi - qora va rangli metallar, tog‘ ishi va geologorazvedka.
Bu yo‘nalishni rivojlantirishda Gubkina nomidagi neft va gaz RDU hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiy instituti o‘rtasidagi ta'lim dasturlarini amalga oshirishga doir shartnoma katta rol o‘ynaydi.
Mavzuga oid
16:29 / 21.10.2024
Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
18:35 / 03.10.2024
O‘zbekiston global bilimlar indeksida 78-o‘rinni egalladi
23:16 / 30.09.2024
Rossiyada migrantlar farzandlari maktabga imtihon bilan qabul qilinishi mumkin
21:10 / 30.09.2024