Markaziy bank 10 ming so‘mlik banknot haqida qo‘shimcha ma'lumotlar berdi
Bugun O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 10 ming so‘mlik nominaldagi yangi banknotlar muomalaga chiqarilishi tasdiqlandi.
«Kun.uz»ning bankdagi manbasi ma'lumot berishicha, yangi kupyura shu yilning mart oyidan muomalaga chiqariladi.
Kupyurada, manbalarning bildirishicha, katta ehtimol bilan O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov surati bo‘ladi.
Qayd etish kerakki, Senat Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan o‘n ming so‘mlik banknotning namunasi va dizaynini ma'qullab bo‘lgan.
Senat qarorida bankka yangi banknotning muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, banknot tavsifini OAVda e'lon qilish yuklangandi. Lekin bu qaror chiqqan kundan bir kun o‘tib ham ijro bo‘lmadi, xususan, banknot surati namoyish etilmadi.
Markaziy bank matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilinishicha, Senat ma'qullagan kupyura dizayni bank raisi Fayzulla Mullajonovga imzolash uchun kiritilgan.
Markaziy bank ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan banknotlar suratlari soxta ekanini ma'lum qilgan. Ta'kidlash kerakki, bu suratlarda 2016 yil sanasi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, Amir Temur tavalludining 680 yilligi 2016 yilda nishonlangandi.
«Kun.uz» saytining telegramdagi kanalida o‘quvchilardan kupyura dizayni borasida so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnomada 4 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. Ular «10 ming so‘mlik banknotda kimning surati tushirilishini istaysiz?» savoliga o‘z javoblarini belgilashgan. Natijaga ko‘ra, ishtirokchilarning aksar qismi, ya'ni 74 foizi kupyurada O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov surati tushirilishini istamoqda. Shuningdek, «hech kimning surati bo‘lishini istamaydiganlar» (9 foiz) va «yangi kupyura chiqarilishini istamaydiganlar» (8 foiz) ham nisbatan ko‘pchilikni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
23:37 / 23.10.2024
O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul ulushi 20,7 foizgacha kamaydi - Markaziy bank
20:06 / 18.10.2024
O‘zbekiston moliya tizimi uchun qanday xatarlar bor?
19:18 / 18.10.2024
“Budjet defitsiti kabi fundamental xatarlar muhimroq” - Behzod Hamroyev inflatsiya haqida
19:41 / 16.10.2024