Jahon | 13:54 / 04.03.2017
28826
2 daqiqa o‘qiladi

Bakiyev Qirg‘izistondan qochib ketganidan keyin Belarusga qanday kelganini ma'lum qildi

Foto: Sputnik

Bir qator xorijiy OAVda Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmonbek Bakiyevning eksklyuziv intervyusi haqida anons paydo bo‘ldi.

Qurmonbek Bakiyev videoanonsda qanday qilib mamlakatdan qochib chiqqani va Belarusga kelgani haqida hikoya qilib bergan. Shuningdek u 2010 yilgi voqealarni navbatdagi marta davlat to‘ntarishi, deb atagan. Bakiyevning aytishicha, AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Qozog‘iston va Rossiya rahbarlarini mamlakatni tark etgan prezident va uning oila a'zolari xavfsizligi haqida o‘ylab ko‘rishni go‘yoki iltimos qilgan. Bakiyevning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng, unga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko qo‘ng‘iroq qilgan.

«Uning ilk so‘zlari: «Qurmonbek, sen hali tirikmisan?» edi. Ikkinchi savoli esa: «Sen chivinlardan qo‘rqmaysanmi?» bo‘ldi. Men u hazil qilmoqda, deb o‘yladim, biroq o‘sha paytda hazilni qabul qila oladigan darajada emasdim. Men: «Yo‘q, men Rossiyaning Volgasida uzoq muddat yashaganman, u yerda chivinlar ko‘p edi» dedim. Shundan so‘ng u: «Men seni olib ketsam, bunga qanday qaraysan?» dedi. Men darhol rozi bo‘ldim», - deya aytib o‘tgan Qurmonbek Bakiyev.

Shuningdek intervyuda u oilasiga ajratilgan yer uchastkasi va uy qurilishi haqida aytib o‘tdi. 

Mavzuga oid