Jahon | 16:40 / 15.03.2017
15898
2 daqiqa o‘qiladi

Atambayev kimlarni “sassiq siyosatchilar” deb atashlarini “manqurtlar”ga tushuntirdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev yorliqlarni topshirish marosimida “manqurtlar”ga murojaat qilib, kimlarni “sassiq siyosatchilar” deb atashlarini izohladi. 

“Hurmatli jurnalistlar, sizlar qanday qilib sassiq siyosatchilarga ishonasizlar? Albatta, ular ham ertaga qaysidir sassiq partiya vakillari sifatida sudga arz qilishadi: go‘yoki ularni “sassiq” deb atadik. Men ona tilisini bilmaydigan manqurtlarga tushuntirayapman”, — degan Qirg‘iz respublikasi rahbari. 

“Kim Shanel va Dior kabi fransuz atirlarini sepgan holda nopok ishlarga aralashib qolganlarni qirg‘izlar “sassiq siyosatchilar” deb atashadi. Albatta, agar shunaqa atir sepib olgan siyosatchi partiyani boshqarsa, uni “sassiq”dan boshqa yana qanday atash mumkin?” – degan Almazbek Atamboyev.

Davlat rahbari, shuningdek, 2017 yil noyabr oyida bo‘lajak prezidentlik saylovini ham yodga olgan.

“Bugun xalqimizning kelajagi hal etilmoqda. Yaqinda prezidentlik saylovlari. Atigi 8 oy qoldi… Hozirda, butun dunyoda urush ketyapti. Axborot urushi. Biz vatanimizni manqurtlar, o‘g‘ri va kazzoblar qo‘liga bermaymiz! Ko‘zni katta ochib, o‘ylaydigan vaqt keldi. Yaratganning o‘zi xalqimizni “sassiq siyosatchilar” va g‘iybatchilardan asrasin! Bizga tinchlik va barqarorlik kerak!”, - degan davlat rahbari.

Mavzuga oid