Rossiya-Yaponiya mudofaa vazirliklarining o‘zaro aloqasi to‘xtatilishi kimga foyda keltirdi?
Rossiya mudofaa vazirligi rahbari, armiya generali Sergey Shoyguning fikricha, 2014 yilda Tokio tashabbusi bilan Rossiya va Yaponiya mudofaa vazirliklarining o‘zaro aloqasi to‘xtatilishi hech kimga foyda olib kelmadi.
«2014 yilda Yaponiya tashabbusi bilan harbiy mahkamalarning yuqori darajadagi o‘zaro aloqalari to‘xtatilishi, xususan Tokioga Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i tashrifining bekor qilinishi, hech kimga foyda olib kelmadi», - deya vazirning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning ta'kidlashicha, ekspertlar orqali muloqot va harbiy delegatsiyalar bilan o‘zaro almashish davom etmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Shoygu Tokioga Rossiya-Yaponiya maslahatlashuvlarida ishtirok etish uchun kelgan.
Mavzuga oid
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024