O‘zbekistonlik olimlar o‘z ishlari bilan rossiyalik hamkasblarining qiziqishiga sabab bo‘ldi
Toshket davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti bilan Janubiy Ural davlat agrar universiteti o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha bitimlar imzolandi.
Joriy yilning 27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida Toshket davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jalik instituti bilan Rossiya Federatsiyasining Janubiy Ural davlat agrar universiteti o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha bitimlarni imzolashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berilmoqda.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta'lim muassasalarining Janubiy Ural davlat agrar universiteti bilan hamkorligi 2008 yilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida mazkur ta'lim dargohida Toshkent davlat agrar universiteti va uning Nukus filiali, Samarqand va Andijon qishloq xo‘jalik institutlarining 600 nafardan ko‘proq talabasi va bitiruvchisi amaliyot va tajriba o‘tab qaytishdi.
Mehmonlar tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘simliklarni biologik himoyalash borasidagi tajribani chuqur o‘rganish, Rossiya Federatsiyasida uni joriy qilish masalalariga katta qiziqish borligi alohida ta'kidlandi.
Oliygohlar o‘rtasidagi shartnomalar Toshkent Davlat agrar universiteti rektori B.Sulaymonov, Andijon qishloq xo‘jalik instituti rektori A.Avduvasiqov hamda Janubiy Ural davlat agrar universiteti rektori V.Litovchenko tomonidan imzolandi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024