Jamiyat | 20:47 / 12.04.2017
12157
5 daqiqa o‘qiladi

Suv xo‘jaligini samarali boshqarish muammolariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi

11-12 aprel kunlarida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida (TIMI) «Globallashuv sharoitida suv xo‘jaligini samarali boshqarish muammolari va istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda TIMI olimlari, O‘zbekiston, Qozog‘iston,  Qirg‘iziston,  Tojikiston,  Turkmaniston  respublikalarining Qishloq va suv xo‘jaligi, energetika sohasidagi vazirlik vakillari, TIMI qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ITI, GIZ, IWMI, UNDP, Shveytsariya elchixonasi, suv tejovchi texnika va texnologiyalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ishtirok etdi. Bu haqda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti matbuot xizmati xabar bergan.

Anjumanni TIMI rektori, q.x.f.d., professor – M.X.Hamidov hamda O‘zR QSXV vaziri o‘rinbosari, t.f.n. – Sh.R.Hamroyev ochib berishdi.

Shuningdek, yalpi majlisda bir qator xalqaro tashkilot vakillari hamda professor – o‘qituvchilar so‘zga chiqib, o‘zlarining kirish so‘zlari hamda ilmiy ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi o‘rinbosari – Ye.N.Nisanbayev, Qirg‘iziston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vazirligi Suv xo‘jaligi va melioratsiya boshqarmasi Bosh direktori – K.J.Tashtanaliyev, Tojikiston Respublikasi Energetika va suv resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari — S.N. Rahimzoda, Turkmaniston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – G.Baydjanov, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati Markaziy Osiyoda suv resurslarini transchegaraviy boshqarish dasturi rahbari – Karolina Milov o‘zlarini kirish so‘zlari bilan, shuningdek, Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi Ilmiy-axborot markazi (NITs MKVK) direktori, professor – V.A. Duxovniy “Budushcheye – vodosberejyeniye i sotrudnichestvo” mavzusida, Shveytsariya elchixonasi missiya rahbari o‘rinbosari, Suv va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha maslahatchi – Terri Umber “Voda dlya jizni i intergrirovannoye upravleniye vodnymi resursami v Tsentralnoy Azii” mavzusida, G‘arbiy Vengriya universiteti professori – Bela Markus “Overcoming human barriers in using geoinformation technologies” mavzusida, Markaziy Osiyoning hududiy ekologik markazi direktori – Sh.Umarova “O deyatelnosti RETsTsA. Vodnyye intsiativy” mavzusida, TIMI professorlari – O‘.P.Umurzakov, A.T.Saloxiddinovlar “Cheklangan suv resurslaridan foydalanishda yuqori samaradorlikka erishish yo‘llari” mavzusida, TIMI qoshidagi ISMITI direktori, t.f.d., professor – I.E.Maxmudov “Formirovaniye i ispolzovaniye vodnyx resursov v usloviyax izmeneniya klimata” mavzusida, TIMI katta ilmiy xodim-izlanuvchisi – Sh.Norboyev “Qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanishning dolzarb muammolari” mavzularida o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etishdi.

Yalpi majlisdan so‘ng Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiya vakillari uchun  O‘zbekistondagi suv tejovchi texnologiyalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi hamda TIMIning laboratoriya kompleksi bilan tanishtirildi.

Tushlikdan so‘ng, soat 14:00da anjuman quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda ma'ruzalar muhokamasini boshladi:

  1. Suv xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash istiqbollari va tarmoqni samarali boshqarish strategiyasi.
  2. Iqtisodiyotning globallashuv sharoitida qishloq va suv xo‘jaligi tizimini moliyaviy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlari.
  3. Suv xo‘jaligi sohasida iqtisodiy samaradorlikni ta'minlash: yangicha yondashuv va tendensiyalar.
  4. Suv taqchil va transchegaraviy hududlarda zamonaviy boshqaruv, resurs tejamkor texnologiyalarini joriy qilish: muammolar va yechimlar.
  5. Yer resurslaridan barqaror foydalanish, geoaxborot tizimi va texnologiyalarini modernizatsiyalash masalalari.
  6. Gidrotexnika inshootlari hamda gidroenergetik jihozlar samaradorligi va xavfsizligini oshirish muammolari.
  7. Qishloq va suv xo‘jaligi tizimida avtomatlashgan boshqaruv, tizimni elektrlashtirish va mexanizatsiyalash istiqbollari.
  8. Suv xo‘jaligi tizimi uchun malakali kadrlarni tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishlari.

Mavzuga oid