Kollektiv Xavfsizlik Şartnomasi Taşkiloti (KXŞT) boş kotibi Imangali Tasmagambetov a’zo davlatlar yaqin kelajakda duç kelişi mumkin bölgan tahdidlar haqida gapirdi. Bu haqda u «Natsionalnaya oborona» jurnaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Tahdidlar doirasi jadallik bilan kengaymoqda. Agar biz global miqyosdagi muammolarni suhbatimiz doirasidan taşqarida qoldirib, alohida mintaqaviy muammolarga e’tibor qaratadigan bölsak, unda, birinçi navbatda, resurslar uçun mojarolar xavfini körsatişimiz kerak.
Bundan taşqari, hudud ham resurs vazifasini bajaradi - bu çegara mojarolari formati va suv kabi qimmatli manba. Ikkinçisi Markaziy Osiyodagi suv resurslari bilan boğliq yomon ahvol tufayli alohida taşviş uyğotadi. Bu mintaqa mamlakatlari hukumatlari tomonidan e’tiborni kuçaytirişni talab qiladigan murakkab muammolar tugunidir», dedi Tasmagambetov.
Şu bilan birga, u ta’kidlaganidek, axborot xavfsizligi muammosi taşkilot mas’uliyati sohasida öziga xos ölçovni oladi. Uşbu sohada tartibga solinmaganligi taşqi sub’yektlar tomonidan öz geosiyosiy manfaatlari yölida jamoatçilik ongini keng kölamli manipulyatsiya qiliş xavfini tuğdiradi.
Taşkilot tahlilçilari bu tahdidlarni aniqladilar va baholadilar. Hukumat darajasida a’zo davlatlar örtasidagi yaqin hamkorlik KXŞT uzoq vaqtdan buyon uşbu muammolarga yeçim topiş ustida iş olib borayotganidan dalolat beradi, deb qöşimça qildi Tasmagambetov.
«Bundan taşqari, KXŞT tajribasi uşbu tahdidlarni zararsizlantiriş böyiça uslubiy yondaşuvlarni işlab çiqiş platformasini şakllantiriş, şuningdek, mavjud qarama-qarşiliklarni abadiy bartaraf etadigan muqobil resurs bazasini yaratiş imkonini beradi», deb ta’kidladi boş kotib.
Uning sözlariga köra, taşkilot tahdidlarni zararsizlantiriş uçun real salohiyatga ega.
Hozir KXŞTga Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya va Tojikiston kiradi.













