Almati şahrida bölib ötadigan Yevroosiyo hukumatlararo kengaşi yiğilişi arafasida Qozoğiston boş vaziri Alixon Smailov Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar ötkazdi.

Suhbat çoğida savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaş, qişloq xöjaligi, tranzit-transport, gaz sohalaridagi özaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş böyiça «Yöl xaritasi»ni amalga oşirişning borişi va kooperativ sanoat loyihalari natijalari körib çiqildi. 

Uçraşuvda davlatlararo suv munosabatlarini kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar transçegaraviy suv havzalarini birgalikda boşqariş va ulardan foydalaniş borasida hamkorlikni yanada mustahkamlaşga tayyor ekanligini tasdiqladi. 

Alixan Smailov sözlariga köra, Özbekiston Qozoğistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biridir. 2022 yilda tovar ayirboşlaş hajmi rejalaştirilgan 5 milliard dollarga yetgan. Ötgan yilning 11 oyida özaro tovar ayirboşlaş ham yaxşi natijalarni körsatib, 4,1 milliard dollarni taşkil etdi. 

Öz navbatida Abdulla Aripov Özbekiston bilan Qozoğiston örtasidagi strategik şeriklik döstlik va yaxşi qöşniçilik va özaro hurmat ruhida jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi.