Jahon | 21:56 / 17.04.2017
5628
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘izistonliklarga Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmagan holda 30 kun yurishga ruxsat berildi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Qozog‘iston bilan fuqarolarning ikki davlat hududida bo‘lishlari tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bayonnoma ratifikatsiyasi haqidagi qarorni imzoladi.
Qonun Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlament) tomonidan 2017 yil 16 martda qabul qilingandi.
Ushbu bayonnomada Qirg‘izistonning Qozog‘iston hududida vaqtinchalik bo‘lgan fuqarolarini tegishli idoralarda ro‘yxatdan o‘tish majburiyatidan 30 kunga ozod qilish ko‘zda tutilgan.
Qonun rasman chop etilgandan keyin 7 kundan so‘ng kuchga kiradi.
Mavzuga oid
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
18:49 / 20.09.2024
Qirg‘izistonda korrupsionerlar va ularning qarindoshlariga davlat lavozimida ishlash taqiqlanadi
08:30 / 20.09.2024