Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
Jumladan, Qozog‘istonda 30 kundan ortiq qolish niyatida bo‘lgan xorijliklarni ro‘yxatga olish institutini qaytarish masalasini ko‘rib chiqilmoqda.
Foto: Shutterstock
Qozog‘iston mamlakatning migratsiya qonunchiligini buzgan xorijliklarni chiqarib yuborish qoidalarini soddalashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda IIV Migratsiya politsiyasi qo‘mitasi raisi Aslan Atalikov ma’lum qildi, deb xabar berdi Tengrinews.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda migratsiya nazoratini kuchaytirishga qaratilgan yangi tuzatishlar paketini ishlab chiqish masalasi muhokama qilinmoqda.
«Biz xorijliklarni ro‘yxatga olish institutini qaytarish masalasini ko‘rib chiqyapmiz, bu 30 kungacha bo‘ladigan sayyohlarga emas, balki Qozog‘istonda 30 kundan ortiq qolish niyatida bo‘lganlarga tegishli. Albatta Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, ortiqcha byurokratiyasiz xorijliklarni ro‘yxatga olishning soddalashtirilgan mexanizmi va tartibini ishlab chiqish, soxta ro‘yxatga olish uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan tuzatishlar tayyorlanmoqda», dedi Aslan Atalikov.
Ichki ishlar vazirligi ushbu chora-tadbirlar migratsiya nazoratini takomillashtirishning samarali vositalarini yaratishiga ishonch bildiradi.
«Bundan tashqari, biz xorijliklarni deportatsiya qilishning amaldagi tartibini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqdamiz. Bugungi kunda u murakkab. Yangi tartibga ko‘ra, migratsiya qonunchiligini yaqqol va muntazam buzuvchilar agar qonunbuzarlikni tan olsa, Qozog‘istondan tezroq chiqarib yuboriladi», dedi qo‘mita rahbari.
Uning eslatishicha, may oyida qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ilgari bolalarga nisbatan jinsiy xarakterdagi jinoyatlar sodir etgan shaxslarga fuqarolik berish, ekstremistik va terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullangan xorijliklarning mamlakatga kirishi taqiqlangan edi.
Mavzuga oid
22:34 / 25.04.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
18:13 / 22.04.2026
2025 yilda qariyb 8 ming noqonuniy migrant halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi – BMT
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
19:06 / 15.04.2026