OAV: Markaziy Osiyo davlatlari yana umumiy energotizimga birlashishlari mumkin
16 mayda Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari energetika vazirliklari rahbarlarining yig‘ilishi yakunlanadi. Bu majlisda mintaqaning yagona energotizimini tiklash masalasi ko‘rib chiqiladi, deb xabar bermoqda news.tj nashri.
Olmaotada o‘tayotgan majlisda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston energetika vazirliklari rahbarlari ishtirok etmoqdalar.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu uchrashuvgacha mintaqaning barcha davlatlari Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi rezolyutsiya loyihasi bo‘yicha kelishib oldilar. Yaqin orada tegishli hujjat imzolangandan keyin Tojikiston o‘z elektr energiyasini O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlariga yetkazib berishni boshlaydi. Elektr energiya yetkazib berilishi 2009 yil noyabrda uzilib qolgandi.
Tojikiston yozgi vaqtda 5 mlrd kVt elektr energiya eksport qilishi mumkin. Bugungi kunda Tojikiston yozgi vaqtda Afg‘onistonga 800 mln kVt-soat, Qirg‘izistonga 600 mln kVt-soat elektr energiya eksport qiladi.
Tojikistonning qolgan 3,6 mlrd kVt-soat elektr energiyasi O‘zbekistonning yagona energiya halqasidan chiqishi sababli talabsiz qolib ketadi.
O‘tgan yil dekabrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov bilan uchrashganda, Tojikiston temir yo‘l qismlarini tiklash, temir yo‘l yuk tashishlariga narxlarning tushirilishi, elektr energiyani qayta eksport va import qilishni yo‘lga qo‘yish masalalarida O‘zbekiston bilan munosabatlarni yanada yaxshilashni qo‘llab-quvvatlashini aytgan.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Janubiy Qozog‘istonni o‘z ichiga oluvchi mintaqaviy energotizimni Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi sifatida shakllantirish 1991 yilda yakunlangan edi. U o‘z ichiga 25 ming MVt umumiy quvvatga ega 83 ta elektr stansiyasini qamrab olgandi.
Sobiq Ittifoq vaqtida Markaziy Osiyoning gidroenergetikasi va dehqonchiligini rivojlantirish yagona tizimga birlashtirilgan edi. O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘istonning janubiy qismida O‘zbekistondagi yagona markazdan boshqariluvchi yagona birlashtirilgan suv-energetika majmuasi yaratilgan.
Tizim elektr energiyaga mavsumiy talab va suvga ehtiyojlar o‘zgarishlarini muvozanatlashga imkon bergan. Tojikiston va Qirg‘iziston qishki vaqtda o‘zidagi suv omborlarida suv yig‘ib, Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistondan elektr energiya va energiya zaxiralari (ko‘mir va tabiiy gaz) olgan. Yozgi vaqtda Tojikiston va Qirg‘iziston yig‘ilgan suvni O‘zbekiston va Qozog‘istonga yerlarni sug‘orish uchun yo‘naltirgan.
Bundan tashqari, Tojikiston va Qirg‘iziston keragidan ortiqcha ishlab chiqarilgan gidroelektr energiyani qo‘shni respublikalarga yetkazib bergan.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
19:32 / 31.10.2024