Duterte Filippindagi favqulodda vaziyat sababli Rossiyaga safarini muddatdan avval yakunlamoqda
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Filippindagi viloyatlardan birida IShIDga qarshi aksilterrorchilik operatsiyasi olib borilayotgani sababli Rossiyaga safarini muddatdan avval yakunlashga majbur bo‘ldi.
Shu sababli uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 25 mayga belgilangan uchrashuvi 23 may kuni kechki vaqt bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi.
Jurnalistning "Putin va Duterte o‘rtasidagi uchrashuv Dutertening Manilaga shoshilinch qaytishi zarurligi sababli bekor qilinadimi?" degan savoliga Kreml vakili uchrashuv bo‘lib o‘tishini aytgan.
Ma'lum qilinishicha, Filippinda uning yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli oroli Mindanaoda IShID jangarilarining Maravi shahriga hujum qilishi sababli harbiy holat e'lon qilingan. Hududga "o‘lim eskadronlari" nomi bilan ma'lum bo‘lgan maxsus kuchlar kiritilgan.
Maravida harbiylar "Maute" guruhining 15 qurollangan jangarisi bo‘lgan kvartirani qurshab olishgan. Ikki tomon o‘rtasida jang davom etmoqda.
Maxsus xizmatlar ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar orasida "Abu Sayyof" ekstremistik guruhining yetakchisi Isnilon Xapilon ham bor.
Avvalroq "Maute" va "Abu Sayyof" IShIDga sodiqlikka qasamyod keltirgan.
Mavzuga oid
12:18 / 05.09.2024
Filippinda asteroid qulab tushdi (video)
20:14 / 31.08.2024
Xitoy va Filippin kemalari bahsli hududda bir-biri bilan to‘qnashib ketdi
22:05 / 21.08.2024
Xitoy foydasiga josuslikda ayblangan Filippin sobiq meri mamlakatdan qochib ketdi
08:25 / 19.08.2024