4 sentabr kuni asteroid soatiga 39 000 milya (1 milya – 1,609 km) tezlik bilan atmosferani yorib ötib, portladi va Filippin hududiga quladi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Mahalliy aholi asteroid qulaşini kuzatgan. Osmon jismining dastlabki surat va videolari u havo böşliğiga kirganidan 20 daqiqa ötgaç e’lon qilindi. Odamlar kosmik obektning qulaşini suratga olgan. Kadrlarda asteroid hatto Oydan ham yorqinroq körinadi.
Olimlar asteroidni atmosferaga kirişidan atigi sakkiz soat oldin payqaşgan. U Yer bilan töqnaşişdan oldin aniqlangan töqqizinçi kosmik obekt böldi. Unga 2024 RW1 deb nom berildi.
Yevropa kosmik agentligi asteroidning ölçami taxminan 1 metr ekanini ta’kidladi. Hajmi kiçikligi sabab u Yer bilan töqnaşganda heç qanday zarar keltirmadi. Asteroid Luzon oroli yaqiniga qulaşi kutilgan.
“Hozirgi kunda yiliga kamida bittadan kiçik asteroidni atmosferaga kirişidan oldin aniqlayapmiz. Bu kuzatuv tizimlarining tobora takomillaşib borayotganidan dalolat beradi”, — deya ta’kidlaydi Yevropa kosmik agentligi.
Bayonotda qöşimça qilinişiça, “bu kaşfiyot aslida ajoyib yangilik! Bu sayyorani himoya qiliş imkoniyatlarimiz yaxşilanayotgani belgisidir”.
Umuman olganda, kosmik obektlar Yer bilan tez-tez töqnaşib turadi. Biroq ularning hammasi ham atmosferadan ötib, xavf tuğdirişga qodir emas.
Avvalroq Xitoylik olimlar Yerni xavfli asteroid zarbalaridan himoya qilişning yangi usulini topgandi. Ularning ta’kidlaşiça, asteroidlarning Yer bilan potensial töqnaşuvi yuz berişi mumkin bölgan ayrim vaziyatlarda faqatgina yadro quroli falokatning oldini olişga yordam berişi mumkin.











