Light | 22:26 / 04.06.2017
32662
4 daqiqa o‘qiladi

Dayverlarning noyob suvosti topilmalari (fotojamlanma)

Koinotning sirli tomonlari ko‘p, albatta, lekin Yerning ham o‘rganilmagan qirralari talaygina. Qalin tropik o‘rmonlar, xavfli tog‘ cho‘qqilari va Antarktika tundralarining katta qismidan tashqari Yerning juda katta qismi suv bilan qoplangan. U yerda bizni nimalar kutayotganini bilib bo‘lmaydi. Don't Panic suvning chuqur joylariga sho‘ng‘uvchi dayverlarning noyob topilmalari haqida ma'lumot berdi. 

Arvoh-kema

fotozzxxccvvbb1

2010 yilda dayverlar guruhi Boltiq dengiziga sho‘ng‘ishdi. Tadqiqotlar Ikkinchi jahon urushida urib tushirilgan samolyotni izlashayotgan edi, tasodifan haqiqiy arvoh-kemaga duch kelishdi. Tahlillarga ishonadigan bo‘lsak, u XVII asrda qurilgan bo‘lib, hollandlarga tegishli bo‘lgan. Biroq holland kemasining bu yerda nima qilayotgani va qanday qilib cho‘kib ketgangi mutlaqo noma'lum. 

Heraklion - g‘arq bo‘lgan shahar

2000 yilda Frank Goddio tomonidan topilgan Heraklion (ikkinchi nomi - Tonis) Misrning O‘rta yer dengizi qirg‘og‘ida, Iskandariya shimolida joylashgan. Shahar uzoq vaqt afsonaviy hisoblangan, chunki taxminan 1200 yil ilgari suv ostida qolgan bo‘lgan. G‘avvoslar suv tubidan haqiqatda noyob artefaktlar - oltin tangalar, tosh haykallar, bronza tablichkalar va 60 ta kemani olib chiqishgan. Kemalar qanday cho‘kishi mumkin? Nima uchun mahalliy aholi ulardan foydalanmagan? Javobdan ko‘ra savollar ko‘p bu borada. 

Angelita senotasi

Ko‘rkam daraxtlar Meksikadagi g‘or tubidagi haqiqiy suvosti daryosining qirg‘oqlarini o‘rab olgan. Gap shundaki, daryo suvi atrofdagiga qaraganda ancha zich edi. Qora dengiz va Amazonka havzasida ham shunday daryolar bor. 

Bimini-roud

Chuqurlikda antropogen inshootlar qurishga yana bir misol. To‘g‘ri burchakli ohaktosh jinslarning shakllanishi bugungi kunda Bimini-roud nomi bilan mashhur. 1978 yilda olimlar plitalarning radiouglevod tahlilini o‘tkazishdi, buning natijasida ularning 3500 yillik tarixga ega ekani aniqlandi. Ehtimol, Bimini-roud bu bor-yo‘g‘i tabiatning g‘aroyib o‘yinidir, biroq boshqa versiya ham bor. Tadqiqotchilar Menson Valentin, Jak Mayol va Robert Angov (toshlar 1958 yilda aynan ular tomonidan topilgan) esa Atalantida bilan yuzma-yuz kelganlarini taxmin qilishgan.

Yonaguni haykali

1987 yilda Kixachiro Aratake ismli dayver Yaponiyaning janubiy qirg‘og‘i hududida akulalarni izlab suv ostiga tushgan. Dayver yirtqich baliqlar o‘rniga antropogen kelib chiqishga ega ulug‘vor monolit plitalarga duch kelgan. Bugungi kunda Ryukyus Universitetining tadqiqotchilar guruhi suv tubidagi monumentni o‘rganish bilan shug‘ullanmoqda. Guruh rahbari Masaaki Kimura bir necha dadil taxminlarni ilgari surgan, ularga ko‘ra, Yonaguni yarim million yil ilgari qurilgan. Biroq kim tomonidan?

Boltiq dengizi anomaliyasi

"Boltiq dengizi anomaliyasi" 2011 yilda Shvetsiyaning Ocean X jamoasi tomonidan kashf qilingan. Asosiy doiraning ichida chuqurlikka olib tushuvchi zinaga o‘xshash nimadir bor. Olimlar hanuz buning mantiqiy izohini topishga harakat qilishadi, biroq taxminlarning hech biri o‘z tasdig‘ini topmadi. 

Arslon shahri

"Arslon shahri" nomi bilan mashhur Shi Cheng qachonlardir Xitoyning Chjetszyan provinsiyasining siyosat va savdo markazi bo‘lgan. Biroq 1959 yilda Xitoyning o‘sishi va modernizatsiyaga urinishlar hukumatning bu hududga gidroelektr stansiyasi kerakligiga doir qaroriga sabab bo‘lgan. Natijada sun'iy ko‘l shaharni bosib qolgan. Shunisi ajablanarliki, 58 yilda Arslon shahriga oid barcha ma'lumotlar yo‘qolgan edi, yaqinda esa mahalliy dayverlar suv ostidagi mahobatli vayronalarga duch kelishdi.