Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlash aniqlandi
2017 yilning 7 iyun kuni taxminan soat 23:15 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Qoradori-2017» tadbiri davomida, Sergeli tumani hududida, fuqaro Ilgiz Xarisovich Xayrutdinov yonida og‘irligi 41,64 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
13:42 / 14.01.2026
Telegram-bot orqali giyohvandlik vositasi sotganlar aniqlandi
11:23 / 14.01.2026
Maxsus komissiya Yangihayot va Sergeli tumanlarida ekologik reyd o‘tkazdi
20:24 / 05.01.2026
Turkiyada giyohvandlik va fohishalik ishi doirasida mashhur seriallar aktyorlari hibsga olindi
19:24 / 20.12.2025