Jamiyat | 08:03 / 15.06.2017
16571
3 daqiqa o‘qiladi

Samarqand shahar hokimi maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi

Samarqand shahridagi “Samarqand kitob olami” savdo majmuasida Samarqand shahar hokimi V.S.Rahimov bilan umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya olayotgan iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida “Hokim va iqtidorli o‘quvchi yoshlar uchrashuvi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek,  uchrashuvda Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari B.Rahmatullayev, Samarqand shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi rahbari  X.Hojiqulov va qator maktablar direktor hamda direktor o‘rinbosarlari qatnashishdi.

Samarqand shahar xalq ta'limi tizimida amalga oshirilgan ishlar haqida “Asrlarga teng yillar” nomli videorolik namoyish etildi. Videorolik namoyishidan so‘ng so‘z Samarqand shahar hokimi Vohid Rahimovga berildi.

Shundan so‘ng o‘quvchi-yoshlar tomonidan kitob haqida tayyorlangan she'rlar, hikmatli so‘zlar, sahna ko‘rinishlar namoyish etildi va o‘quvchilar shahar hokimiga o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflarni berishdi.

Savollarga berilgan javoblardan so‘ng 3 nafar  iqtidorli o‘quvchilar  o‘z fikr-mulohazalarini ingliz, fransuz va nemis tillarida bayon qilishdi.

Tadbir yakunida qatnashchilarga erishgan natijalariga ko‘ra nominatsiyalar belgilandi: “Chet tili bilimdoni”,“Eng iqtidorli  o‘quvchi”, “Eng tashabbuskor o‘quvchi”, “Eng faol o‘quvchi”, “Eng ijodkor o‘quvchi”, “Eng intiluvchan o‘quvchi”, “Teran fikr sohibi”, “Yosh qalamkash”, “Sportda yuqori natijaga erishgan o‘quvchi”, “Eng mazmunli savol sohibi”.

Iqtidorli-ijodkor o‘quvchilar va “Bilimlar bellashuvi” viloyat bosqichi g‘oliblari shahar hokimining faxriy yorliqlari va  esdalik sovg‘alari - badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid