Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bilan Hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli Qarorini ijro etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rivojlanish konsepsiyasiga muvofiq, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (Universitet) bilan Hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi.
Mazkur bitim xalqaro toifadagi mutaxassislarni yetishtirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek yangi bakalavr va magistrlik dasturlarini tatbiq etish, birgalikda o‘quv-ilmiy tadbirlarni o‘tkazish, talabalar, aspirantlar va doktorantlar almashinuvi, ilmiy-pedagogik kadrlarni amaliyoti va malaka oshirishini tashkil etish, O‘zbekiston-Rossiya siyosiy va savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish sohasida, shuningdek boshqa dolzarb mintaqaviy va xalqaro siyosiy mavzular bo‘yicha hodisa va jarayonlarning hozirgi vaqtdagi yuqori dinamikasini hisobga olgan holda ekspert-tahliliy laboratoriya va markazlarning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish sohasida keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan 1992 yilda asos solingan bo‘lib, universitet diplomatik xizmat va xalqaro mutaxassislarni tayyorlash hamda malakasini oshirish, shuningdek tashqi siyosat, xalqaro iqtisodiy munosabatlar va xalqaro huquq sohalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradi.
Mavzuga oid
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
19:24 / 27.10.2024
Moskvada xorijlik migrantlar uchun patent narxi qariyb 20 foizga oshadi
12:56 / 25.10.2024