O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
Biroq, ulardan hech biri yuqori yuztalikdan joy olmadi. O‘zbekistonning eng yaxshi oliygohi Osiyoda 159-o‘rinda, Markaziy Osiyoda 7-o‘rinda qayd etildi.

Foto: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini instituti
Osiyodagi eng yaxshi universitetlarning yangi reytingiga O‘zbekistonning 23 ta oliygohi kirdi. Biroq, ulardan hech biri yuqori yuztalikdan joy olmadi. Bu haqda QS Asia University Rankings 2025 ma’lumotlaridan oydinlashmoqda.
Osiyoning 25 ta mamlakatidagi 985 ta oliy ta’lim dargohi reytingga kiritilgan. Oliygohlar tadqiqot va ixtirolar, ta’lim berish tajribasi (talabalar va o‘qituvchilar soni nisbati, doktorlik darajasiga ega o‘qituvchilar), global hamkorlik (xalqaro tadqiqot tizimi, xorijlik talabalar, xalqaro fakultetlar), ishga joylashtirish, ingliz tili va boshqa akademik test natijalari kabi kriteriyalar asosida baholangan.
Eng yaxshi oliy ta’lim dargohi sifatida Xitoyning Pekin universiteti qayd etildi. Ushbu oliygoh 100 ball to‘pladi. Yuqori beshlikdan Hongkong universiteti, Singapur milliy universiteti, Nanyang texnologiya universiteti (Singapur) va Fudan universiteti (Xitoy) ham joy oldi.
Reytingga O‘zbekistonning 23 ta oliy ta’lim dargohi kiritildi, ammo ulardan hech biri yuqori yuztalikdan joy olmadi. Eng yaxshisi sifatida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qayd etilgan. Ushbu oliygoh reytingda 44,9 ball bilan Osiyoda 159-o‘rinni, Markaziy Osiyoda 7-o‘rinni egalladi.
Umuman olganda, 23 ta oliygohdan faqat to‘rttasi reyting ballarini to‘plashga erishgan xolos. Jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti 34,5 ball bilan 242-o‘rinda, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 25,7 ball bilan 359-o‘rinda, Toshkent davlat texnika universiteti 25,5 ball bilan 368-o‘rinda qayd etilgan.
Reytingda Qozog‘istonning 35 ta oliygohi qayd etildi. Ulardan oltitasi Markaziy Osiyoda yetakchi o‘rinlarni egallab turibdi.
Shuningdek, reytingga Qirg‘izistonning 6 ta oliygohi, Tojikistonning 1 ta oliygohi kiritildi. Turkmanistonning birorta oliygohi reytingdan joy olmadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 01:01
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
Mavzuga oid

11:35 / 09.04.2025
O‘zbekistonda Belarus davlat universiteti filiali ochiladi

09:00 / 07.04.2025
2025 yil uchun eng ishonchli avtomobillar e’lon qilindi: ular orasida Tahoe ham bor

18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi

15:00 / 31.03.2025