Keyingi kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan anomal jazirama ob-havo toshkentliklar va poytaxt viloyati vakillarini salqinlash uchun Chorvoq suv ombori tomon shoshilishga majbur qilgan.
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilingan ushbu suratlarda ko‘rinib turibdiki, Chorvoq suv ombori yo‘lida mashinalarning ulkan tarbandligi hosil bo‘lgan.
Fotosuratlardan birining ostida foydalanuvchilardan biri «Aytdim-a, Toshkentda tirbandliklar yo‘qolib qoldi, gap bu yoqda ekan-da», deya hazilomuz post qoldirgan.