Amalga oşiriş mexanizmi yöq çeklov. Toşkentda yuk maşinalari bilan qanday “kuraşiladi”?
|19:49 / 05.03.202422 2449 min
Toşkent şahrida 1 martdan tiğiz vaqt oraliqlarida yuk maşinalari harakati taqiqlandi. Xöş, bu çeklovni joriy qilişda nimalar hisobga olingan? Uni amalga oşiriş mexanizmlari qanday böladi? Eng muhimi, bu kutilgan natijani beradimi? Maqolada çeklovning zarurati va oçiq qolayotgan masalalar haqida söz yuritiladi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Bu tartib prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2024 yilgi davlat dasturida aks etgan.
Farmonga köra, 2024 yil 1 martdan boşlab Toşkent şahrida yuk taşiş uçun möljallangan, ruxsat etilgan töla vazni 10 tonnadan yuqori bölgan N2, N3, O4 toifaga kiruvçi avtotransport vositalarining harakati tiğiz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi.
Keling, avval qanday toifadagi avtotransport vositalariga çeklovlar kiritilayotganini aniqlaştirib olaylik.
Foto: perevozka24.ru
N2 toifasi — yuk taşiş uçun möljallangan, töliq vazni 3,5 tonnadan oşiq, biroq 12 tonnadan ziyod bölmagan transport vositalari. Bularga “Gazel”, “Isuzu” kabi kiçikroq yuk taşuvçi avtomobillar kiradi
Foto: perevozka24.ru
N3 toifasi — töliq vazni 12 tonnadan ziyod bölgan yuk taşişga möljallangan avtomobillar. Bular sirasiga quriliş materiallari taşuvçi oğir samolsvallar, “Kamaz”, “MAN” kabi tirkamasiz yirik yuk taşuvçi transport vositalari kiradi.
Foto: perevozka24.ru
O4 toifasi — umumiy massasi 10 tonnadan ortiq bölgan tirkamalar. Bular endi şalanda, fura, konteyner taşuvçi kabi uzun tirkamali yuk avtomobillaridir.
Farmonga köra, çeklovlar maxsus xizmat, şu jumladan, kommunal xöjaligi, obodonlaştiriş va Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining yuk transporti vositalariga tatbiq etilmaydi.
Farmon ijrosini bajariş yuzasidan Toşkent şahriga kiraverişdagi YPX statsionar postlarida 1 martdan tiğiz vaqt oraliğida (soat 7:00 dan 10:00 gaça) yuk maşinalarining harakatini Toşkent halqa avtomobil yöli orqali taşkil etiş boşlangani, haydovçilarga bu borada tuşuntiriş işlari olib borilayotgani töğrisida lavha ham e’lon qilindi
Mavzuga oid
.
Tiğiz vaqt qaçon özi?
Albatta, bu yangilik Toşkent şahrida keyingi vaqtlarda odatiy holga aylanib ulgurgan yöllardagi tirbandliklarning oldini oliş maqsadida joriy etilgan. Şu sababli yuk maşinalarining şahar içkarisida harakatlanişiga çeklov faqat tiğiz vaqtlarga taalluqli bölişi belgilab qöyilgan.
Ammo tiğiz vaqt degan tuşunça juda mavhumroq bölib turibdi va u aynan qaysi soatlarda bölişi belgilab qöyilmagan.
Aytaylik, 1 mart kuni tarqatilgan xabarlarda ertalab soat 7:00 dan 10:00 gaça tiğiz vaqtda yuk maşinalari şaharning içki yöllariga qöyilmay, aylanma yöllarga yönaltirilayotgani qayd etilgan.
Barçamiz bilamizki, poytaxtimiz Toşkent şahriga yoki boşqa yirik şaharlarimizda ham tiğiz vaqt ertalab odamlarning işga borişida va keçqurun işdan qaytayotgan çoğda röy beradi. Şuningdek, tuşlik vaqtida ham köçalarda tirbandlik köpayadi.
Xöş, ertalabgi tiğiz vaqt soatlarida şaharga qöyilmayotgan uçta toifadagi yuk maşinalari keçqurun ham qöyilmaydimi? Özi u qanday qilib aniqlanmoqda. Tiğiz vaqt diapazoni har kun (aytaylik, iş kuni uçun) ma’lum bir vaqtlar qat’iy qilib qanday aniqlanişi muhim. Yuk maşinalari haydovçilari bu yangilikni doim yodda saqlaşlari va şunga qarab öz işlarini rejalaştirişlari uçun u doimiy bölişi va kim(lar)ningdir xohişiga qarab özgarib turmasligi kerak.
Umuman, yuk avtomobillarining şahardagi tirbandlikka ta’siri borasida qandaydir ilmiy asos bormi? Aytaylik, bir soatda qança yuk maşinasi kirib çiqişi, qanaqa tezlikda harakatlanib çorrahalarda tiqilinç hosil qilişi borasida. Yoki taklif “şularni yöq qilsak, köçalar ança böşab qolar”, degan xayolda şunçaki taxminiy baholaşlar bilan qabul qilindimi?
Keyin, bu amaliyot qöllana boşlansa, tirbandlik darajasi qançaga kamayadi? Yoki ekologiya masalasiga qançalik ta’sir qiladi? Bular hisoblab çiqilganmi?
Qolaversa, sanab ötilgan yuk maşinalari tiğiz vaqti şaharga kira olmasa, ayni şu vaqtda harakatlaniş uçun muqobil yöllar bormi? Xaritalar qilinganmi? Çeklov bundan buyoğiga doimiy xarakterga ega böladimi yoki ma’lum bir vaqtda amal qiladimi?
Mutasaddilarga bu kabi savollar juda köp. Qolaversa, yuqoridagi amaliyot mavjud muammolarga töliq yeçim emas.
Urbanist nima deydi?
Şaharlarimiz köçalaridagi transport oqimini yaxşilaş böyiça köplab çiqiş qilib ketayotgan yoş urbanistlarimizdan Iskandar Soliyevga ayrim savollar bidan murojaat qildik.
— Umuman, bu çeklovlarning yöllardagi tirbandliklarni kamaytirişga ta’siri bormi?
— Tirbandliknining oldini oliş borasida köplab şaharlarda amalga oşirilgan izlanişlarini qaraydigan bölsak, natijalar ijobiy. Hatto yöl-transport hodisalari soni ham kamaygan. Umuman olganda, uzoqqa bormasdan, Moskvani misol keltirsa böladi. U yerda ham soat 7:00–23:00 oraliğida şaharga kiriş uçun çeklov mavjud. Moskvada ham çeklovlar joriy qilinganidan söng tirbandliklarda va havoga zaharli çiqindilar ajralib çiqişi borasida sezilarli özgarişlar bölgan.
Albatta, ta’kidlaş kerakki, bu bilan tirbandlik umuman yöqoladi, deb bölmaydi. Bu faqat bartaraf etiş uçun çoralardan biri böladi oladi, xolos. Qolaversa, adaşmasam, bizda hozir yuk maşinalari uçun aniq koridorlar xaritasi mavjud emas. Bu holatda şunday xarita juda zarur.
— Modomiki, çeklovning foydasi bölar ekan, Toşkentda tiğiz vaqt qaçondan qaçonga belgilanişi kerak? Ertalab va keçqurunmi yoki faqat ertalab?
— Köplab şaharlarda çeklov kun böyi, ya’ni ertalab 7:00 dan tungi 23:00 gaça davom etadi. Ba’zi şaharlarga esa yuk maşinalari umuman kirgizilmaydi. Umuman olganda, bu qaror töğri deb bilaman. Köpçilikda “unda logistika masalasi nima böladi?” degan örinli savol paydo böladi. Çeklov joriy etilgan boşqa şaharlarda katta va besunaqay yuk maşinalari örnini nisbatan kiçikroq – 3,5 tonnadan yuqori bölmagan avtomobillar yoki velosipedlar egallagan va bu bilan ularda tijorat töxtab qolgani yöq. Bizda esa menimça maxsus ruxsatnomalar beriş kerakdir. Balkim quriliş va savdo bilan şuğullanadigan tadbirkorlar aniq bir jadvallar bilan işlaşni örganişi kerak böladi. Yuk maşinalari yuradigan yöllar xaritasini tuziş bilan yanada tartiblaştirsa böladi.
— Bunaqa amaliyot xorijiy davlatlarda ham bormi?
— Köplab davlatlarda yuk maşinalari umuman şahar içiga kiritilmaydi. Faqat maxsus ruxsatnoma bilan amalga oşirilmasa, buning aslo iloji yöq. Nisbatan yaqin şaharlardan misol qilsam, yuqorida aytganimdek, Moskvada soat 7:00 dan 23:00 gaça çeklov. Oğir yuk maşinalar esa umuman kira olmaydi. Moskva juda ulkan şahar, lekin çeklov bilan şahar hayoti töxtab qolmadi, aksinça, Rossiyada ijobiy natijalarga erişilgan.
Yaqin xorijdagi tajribalar
Bunday çoralar 2018 yilda Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida ham vaqtinçalik joriy etilgan. Şahar hokimligi bunday qaror qabul qilinişiga sabab qilib yuk maşinalarining poytaxtdagi transport oqimi tezligini pasaytirayotganini körsatgan.
Öşanda şaharda 200 dan ortiq quriliş obektlariga kirib çiqayotgan yuk maşinalari tezlaniş olişi pastligi, yirik gabaritlari, ularning besönaqayligi yöllarda avariyaviy xavfli vaziyatlar keltirib çiqarayotgani boş sabab qilingan.
Ostonada 2018 yilning 14 mayidan boşlab 31 dekabrgaça iş kunlari ertalab soat 7:00 dan 9:00 gaça, keçki 17:30 dan 20:00 gaça vazni 3,5 tonnadan ortiq maşinalar harakatiga çeklov kiritilgan.
Foto: pddmaster.ru
Rossiya poytaxti Moskva şahrida ham N2, N3 va O4 toifasidagi yuk avtomobillarining kirişi 2022 yilning 1 yanvaridan boşlab taqiqlangan. Qozoğiston va Özbekistondagidan farqli ölaroq, N2 toifasidagi avtomobillar ertalab soat 7:00 dan tungi soat 23:00 gaça Moskva halqa avtomobil yölidan içkariga kira olmasa, N3 va O4 toifadagi avtomobillarga sutkaning istalgan soatiga kiriş taqiqlangan.
Amerikada trak haydovçi özbekistonliklar ham köpi şaharlarning aholi istiqomat qiluvçi qismiga oğir yuk maşinalarining kunduz kuni kirişi taqiqlangani haqida xabarlarini şaxsan özim eşitganman.
Yevropa davlatlarida ham yuk avtomobillariga çeklovlar örnatilgan. Yuqoridagi xaritada tunda yuk avtomobillarining harakatiga örnatilgan taqiqlar tasvirlangan. Turli davlatlarda 50 kundan 365 kungaça çeklovlar örnatilgan. Bularda endi bu tirbandlik emas, şovqinga qarşi kuraş bölsa kerak. Bizda hali şovqinga qarşi kuraşiş kun tartibida ham yöq.
Javobgarlik masalasi ham oçiq
Çeklov joriy etilgani bilan unga amal qilmagan haydovçiga nisbatan çora körib bölmaydi. Boisi tiğiz payt vaqtida harakatlangani uçun yuk avtomobili haydovçisiga ma’muriy çora körişni nazarda tutuvçi norma hali qonunçilikda mavjud emas. Şunday ekan, hozirça bu çeklov faqat “qöl mehnati”, ya’ni YHXB xodimlarining jismoniy buyruq va körsatmalari orqali ta’minlanadi.