Xalqaro bolalar kunida poytaxtda noodatiy "xaos" kuzatildi. Aşxobod boğidagi bepul muzqaymoq sabab ön minglab odamlar şu boğga yoğildi. Natijada tartibsizlik va odamlar örtasida özaro janjal yuzaga keldi. Ayrim köçalarda avtomobillarning yirik tirbandligi kuzatilgan bölsa, ma’lum vaqt metrolarga odam siğmay qoldi.

Yöllar va metrodagi “odamlar oqimi”

1 iyun Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan barça kabi Toşkent şahar aholisi ham öz farzandlarini sayr qildiriş, bayramni nişonlaş maqsadida manzillariga otlanişdi. Buning natijasida tuşdan keyin poytaxt köçalarida 10 balli tirbandliklar kuzatila boşlandi. Buni tarmoqlarda tarqalgan videolarda ham köriş mumkin.

Ayniqsa holat Abdulla Qodiriy hamda Maxtumquli köçalari, aniqroği Aşxobod istirohat boğiga ketaverişda yaqqol közga taşlandi. Xavfli bölişiga qaramay, odamlar avtomobilini taşlab, farzandlari bilan boğ orqasidagi temiryöl oralab kelişgaça bordi. Hatto, videolardan birida odamlar oqimi yuzaga kelgan joyda poyezd ötgani ham ma’lum.

Qolaversa, nafaqat köçalarimiz, balki jamoat transporti, xususan metro ham yölovçilar bilan töldi, yuklamasi yuqori bölgan liniyalarda doimgidan köproq bosim yuzaga keldi.

“Tekinga narsa tarqatiş” aksiyasi, öyinçoqlar öğriligi va janjal

Bayram kunining asosiy rezonansli voqeasi Aşxobod boği bilan boğlanadi. Tarmoqlarda birin-ketin tarqalgan videolarga köra, boğda dastlab odamlarga bepul muzqaymoq tarqatilgan. Bu vaqt davomida katta tartibsizlik yuzaga kelgan.

Keyingi holatda esa fuqarolar kiçik öyingohda yutuqqa qöyilgan öyinçoqlarni ömarişga uringani aytilmoqda. Videolavhalarda ham şunday harakatlar eks etganini köriş mumkin.

Sönggi vaziyatda Aşxobodga borgan ayollar özaro janjallaşgani kuzatildi. Suratga olingan lavhalarda ular bir-birining soçini yulişgani, bir-biriga haqoratomuz sözlar işlatgani, orada bolalar ham bölgani aks etgan.

IIO vaziyatni nazoratga oldi

Jamoat joylaridagi bunday tartibsizliklardan söng dastlab Toşkent şahar IIBB YHXB rasmiy munosabat bildirdi. Boşqarma harakat xavfsizligini işonçli ta’minlaş, tirbandliklarning oldini oliş maqsadida fuqarolardan sayilgohlar hamda boğlarga taşrif buyurişda imkon qadar jamoat transportidan foydalanişni, qolaversa, şaxsiy transport vositasini atrofdagilarga xalal beradigan joylarda, yöl harakati qoidalariga zid ravişda töxtatmaslik, qoldirib ketmaslikni söradi.

Yöllarda, tadbirlar bölib ötayotgan sayilgohlar atrofida harakat xavfsizligini ta’minlaş uçun YPX xodimlari xizmatga jalb etildi.

“Asosiy maqsadimiz, bugungi bayram tadbirlarining kötarinki kayfiyatda va xavfsiz ötişini ta’minlaşdir!” – deyiladi YHXB xabarida.

Söng IIV tartibsiz vaziyatlar töliq nazoratga olingani hamda tiqilinçlar va yöllardagi tirbandliklarni bartaraf etiş işlari jadal amalga oşirilayotganini ma’lum qildi. Yuzaga kelgan holatda jarohatlanganlar aniqlanmagani, tobi qoçganlar haqida ma’lumot kelib tuşmagani ham oçiqlandi.

Şuningdek, poytaxtdagi jamoat joylarida bayram munosabati bilan taşkil etilişi rejalaştirilgan turli “Tekinga narsa tarqatiş” kabi aksiyalar töxtatildi.