O‘zbekiston va Qozog‘iston Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik rejasi tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida 17 avgust kuni Qozog‘iston Respublikasi mudofaa vaziri Saken Jasuzoqov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekistonda Qozog‘iston bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda hamda do‘stona munosabatlar yuksak qadrlanadi. Davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik butun Markaziy Osiyo mintaqasining xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida harbiy, harbiy-texnik va harbiy ta'lim yo‘nalishlaridagi hamkorlikning bugungi holati xususida so‘z yuritildi. Tomonlar mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat yuzasidan ham o‘zaro fikr almashdi.
Tadbirda ikki mamlakat Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik rejasi tasdiqlandi. Mazkur hujjatga muvofiq kelgusida mudofaa sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
12:40
Rossiya Qozog‘istondan bug‘doy, pomidor va qovun olib kirishni chekladi
20:54 / 18.10.2024
Qozog‘istonda xizmat mashinasida nonga chiqqan hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi
21:02 / 17.10.2024
Rossiyani harbiy jihatdan yengib bo‘lmaydi - To‘qayev
19:09 / 17.10.2024