Xitoyning Chery markasi Yevropani zabt etmoqchi bo‘lgan krossoverini namoyish qildi
Xitoyning Chery markasi Frankfurt avtosaloniga yangi krossover kontseptini olib keldi. Bu mashinaning seriyali modelini Yevropada sotish rejalashtirilmoqda.
Model Exeed TX deb nomlangan va yangi M3X paltformasida qurilgan. Avtomobilning uzunligi 4664 mm, eni 1872 mm, balandligi 1685 mm ni, g‘ildiraklar bazasi o‘lchami 2697 mm ni tashkil qiladi. Mashina dizayni markaning 2017 yil bahorda Shanxayda ilk bor namoyish qilingan Tiggo Coupe prototipi uslubida bajarilgan.
Exeed TX kontsept maqomida uzoq qolmaydi – keyingi yildayoq uning seriyali versiyasi taqdim qilinadi. Modelni birinchi bo‘lib xitoyliklar oladilar. Yaqin yillarda model Yevropada ham paydo bo‘ladi. Chery bu maqsadda alohida subbrend yaratmoqchi, hozircha uning nomi oshkor qilinmayapti.
Yevropada mashina uch modifikatsiyada taklif qilinadi: gibridli (HEV), elektr tarmoqdan quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘lgan gibridli (PHEV) va to‘liq elektrlashtirilgan (BEV).
Yevropada dastlab modelning to‘liq privodli Exeed TX PHEV versiyasi sotiladi. Uning motorlar qatoridan 1,5 litrli, 150 ot kuchiga ega benzinli turbomotor, 116 ot kuchiga ega elektrodvigatel joy oladi. Mashinada 7 bosqichli robotlashtirilgan uzatmalar qutisi o‘rnatiladi. Modelning bu versiyasi joyidan 100 km/soat tezlikka 6 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi 200 km/soatni, yonilg‘i sarfi esa NEDC sikli bo‘yicha 100 km ga 1,8 litrni tashkil qiladi. Krossover elektr dvigatelning o‘zida 70 km ga yaqin yo‘l bosib o‘ta oladi.
Yevropada sotiladigan Exeed TX uchun 10 dyuymli tachskrin, Wi-Fi va ovozni tanish funksiyasiga ega multimedia tizimi, o‘rindiqlar isitgichi, panoramali tom, 19 dyuymli disklar, yorug‘lik-diodli optika, to‘qnashuvlarning oldini olish tizimi, ketayotgan polosadan chiqib ketish haqida ogohlantirish tizimi, “ko‘zga ko‘rinmas” hududlar monitoringi va haydovchining charchaganini nazorat qilish tizimlari ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, kompaniya kelgusida mashinani avtopilot bilan jihozlamoqchi.
Mavzuga oid
19:00 / 30.10.2024
Chery 2024 Xalqaro foydalanuvchilar sammiti yakunlandi
17:00 / 28.09.2024
Chery Tiggo 7 Pro 2024 va Tiggo 8 Pro Max 2024 yangi modellari O‘zbekiston tog‘larida sinovdan o‘tkazildi
17:00 / 13.09.2024
Yangi Chery avtomobillarining taqdimoti: yangi narxlar e’lon qilindi
10:00 / 09.08.2024