O‘zbekiston | 10:00 / 09.08.2024
13788
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Chery avtomobilini O‘zbekistondagi rasmiy dilerlardan sotib olishning ahamiyati

Foto: Chery

2024 yilning avgust oyida “Milliy TV” telekanalidagi “Millar” ko‘rsatuvida Chery avtomobilining tormoz tizimi ishlamay qolgani va bu holat yetti avtomobil ishtirokidagi ommaviy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishiga olib kelgani haqida xabar berildi. Ushbu bayonot avtomobilchilar orasida turli Telegram-kanallarida munozaralar va tashvishlanish to‘lqinini keltirib chiqardi. Biroq, aslidagi holat qanday sodir bo‘lganini to‘liq tushunib olish muhimdir.

Reportajda eslatib o‘tilgan transport vositasi aslida O‘zbekistonga parallel import orqali olib kelingan boshqa avtomobil markasidagi transport vositasi ekanligiga e’tibor qaratish lozim.

Afsuski, ushbu transport vositalari zarur davlat sertifikatidan o‘tganligi haqida to‘liq ma’lumot mavjud emas, bu bizning mamlakatimizda belgilangan xavfsizlik talablariga javob bermasligi mumkin.

Avvalambor ta’kidlash joizki, ADM Global kompaniyalar guruhi – Chery brendining O‘zbekistondagi yagona rasmiy vakili deb hisoblanadi. O‘zbekiston hududiga parallel import yo‘li bilan olib kirilayotgan Chery brendining yoki Chery International qo‘shma korxonalarining avtomobillari sertifikatlashdan o‘tmaydilar va ADM Global rasmiy distribyutor bilan hech qanday bog‘liqlik rishtalariga ega emas.

Avtomobilni, ayniqsa parallel import sharoitida xarid qilishda iste’molchi nafaqat o‘zining pul mablag‘larini, balki o‘zining va yaqinlarining sog‘lig‘i va hayotini ham xavf ostiga qo‘yishini yodda tutmoq kerak. Rasmiy distribyutorlar tomonidan taklif etilayotgan avtomobillar kafolat va xizmat ko‘rsatilish bilan ta’minlanadi, bu esa transport vositasining sozligi va xavfsizligiga bo‘lgan ishonchning ortishiga yordam beradi.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:

Tezkor axborot liniyasi telefon raqami: +998 71 276 55 55

Website | Instagram | Telegram | Telegram bot | Facebook | YouTube

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid