Qozog‘iston parlamenti delegatsiyasi Senat va Qonunchilik palatasida muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 26 sentabr kuni Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senatining raisi Qosim-Jomart Tokayev boshchiligidagi Qozog‘iston Respublikasining parlament delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar o‘zaro fikr almashish jarayonida ikki tomonlama parlamentlararo aloqalarning, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning holatini va uni yanada chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Parlament delegatsiyasining rasmiy tashrifi joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat parlamentlarining yuqori palatalari rahbariyati tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozog‘iston Parlamenti Senati o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni amalda ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq ekanligi ta'kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev bugun O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilganligini ta'kidladi.
Qardosh Qozog‘istonning ko‘p sonli parlament delegatsiyasining O‘zbekistonga kelishi, rejalashtirilgan muzokaralar va uchrashuvlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirishni davom ettirishga, ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga shubhasiz xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Shuningdek, 26 sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Senati raisi K.Tokayev boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ham bo‘ldi.
Qozog‘iston parlamenti vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘zlab berdi. Ta'kidlanganidek, bugungi kunda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotiga daxldor hududiy va davlat dasturlari amaliyotga izchil tatbiq etilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri bu sohada yana ko‘p ishlar qilinishi lozimligini ta'kidladi. Shu bois mazkur jarayonda xalqaro tajribani o‘rganish alohida ahamiyatga ega.
Uchrashuvda Qozog‘iston Respublikasi Senati raisi samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, so‘nggi paytlarda ikki mamlakatning oliy vakillik organlari o‘rtasidagi aloqalar faol rivojlanayotganini alohida ta'kidladi. 2016 yildan hozirgi vaqtgacha Qonunchilik palatasi deputatlari 7 marta turli tadbirlarda ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasiga tashrif buyurishdi. Bu esa parlamentlararo aloqalarning yuqori bosqichga chiqayotganligidan dalolat beradi. Qozog‘iston parlamenti a'zolari ham bir necha bor O‘zbekistonga tashrif buyurishgan. O‘zaro tashriflar, turli tadbirlardagi ishtiroklar ikki mamlakat parlamenti a'zolari o‘rtasidagi yaqin aloqalarni mustahkamlash imkonini berdi, degan K.Tokayev.
Uchrashuv davomida tomonlar parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga doir masalalarni muhokama qildilar.
Mavzuga oid
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25 / 11.11.2024
Qozog‘istonda xotinkush Bishimbayev koloniyadan qochib ketgani rad etildi
15:04 / 10.11.2024