«Tashkent City» xalqaro biznes markazining konsepsiyasi tasdiqlandi (foto)
Alisher Navoiy, Islom Karimov shohko‘chalari hamda Furqat va Olmazor ko‘chalari o‘rtasidagi 80 gektar maydonda joylashishi mo‘ljallangan «Tashkent City» xalqaro biznes markazining konsepsiyasi tasdiqlandi.
Biznes markazning Facebook’dagi sahifasida ta'kidlanishicha, «Tashkent City» konsepsiyasi seysmik holat, Toshkent shahrining arxitektura qiyofasi, Markaziy Osiyodagi shaharsozlik qurilishining barqaror an'analarini hisobga olgan holda, tabiat va zamonaviy urbanistik g‘oyalar uyg‘unligida ishlab chiqilgan.
Biznes ofislar, mehmonxonalarga mo‘ljallangan binolarni zamonaviy texnologiyalar asosida 40 qavatdan baland bo‘lmagan qilib, turar-joylarni esa 12 qavatdan yuqori bo‘lmagan tarzda qurish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, bu yerda konferensiya va ko‘rgazma markazlari, gipermarket, ko‘plab savdo maydonlari, restoran va kafelar, yer osti avtoturargohlari barpa etilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tashkent City Xalqaro biznes markazini qurish bo‘yicha Ma'muriy kengashga rahbarlik qiladi.
Mavzuga oid
23:47 / 26.11.2024
Toshkentda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Isuzu haydovchisi halok bo‘ldi
21:14 / 26.11.2024
Toshkentda harakatlanib ketayotgan mashinalar ustiga daraxt shoxi quladi
21:02 / 26.11.2024
Toshkent shahridagi ayrim avtobuslar harakati yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartiriladi
22:20 / 25.11.2024