O‘zbekiston | 22:03 / 30.10.2017
6237
1 daqiqa o‘qiladi

BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori O‘zbekistonga kelmoqda

foto: unmiss.unmissions.org

BMT bosh kotibining o‘rinbosari va  BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Yuriy Fedotov 31 oktabrda O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.     

Fedotov Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Giyohvand moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahliliy markazida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazadi.    

Shuningdek, Fedotov boshchiligidagi BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi delegatsiyasi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining “Terrorizmga qarshi kurash – chegarasiz hamkorlik” nomli 5-ilmiy amaliy konferensiyada ishtirok etadi.

Mavzuga oid