10 oktyabr kuni BMT Inson huquqlari kengaşining 57-sessiyasida iştirokçi davlatlar oiladagi zöravonlikka barham berişga qaratilgan qöşma rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda Qirğiziston Taşqi işlar vazirligiga tayanib Akipress xabar berdi.
Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston taşabbusi bilan tuzilgan rezolyutsiya loyihasi kengaşda iştirok etayotgan barça davlatlar tomonidan qöllab-quvvatlandi.
Qirğiziston delegatsiyasi rezolyutsiyadan közlangan asosiy maqsad oiladagi zöravonlikning barça körinişlarining oldini oliş va yöq qilişga qaratilgan jahon standartlarini şakllantiriş ekanligini aytdi. Şuningdek, oiladagi zöravonlik muammosi çegaralar va madaniy tafovutlardan oşib, dunyoning barça burçaklaridagi odamlarga ta’sir qilişi ta’kidlandi.
«Rezolyutsiya barça a’zo davlatlar tomonidan e’tirof etildi va qöllab-quvvatlandi, bu inson huquqlarini himoya qiliş, ayollar va qizlar xavfsizligini ta’minlaşda xalqaro hamjamiyatning birdamligini namoyiş etadi», deb xabar berdi Qirğiziston TIV.













