Samarqandda Konstitutsiya kuni munosabati bilan viloyatdagi fidoyilarga davlat mukofotlari topshirildi
Samarqand shahridagi konsert zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand viloyatining barcha jabhalarida mehnat qilayotgan faollar, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Bayram tadbirida so‘zga chiqqan viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, respublika xotin qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva, Samarqand davlat Universiteti rektori Rustam Xolmurodov yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, bosh qomusimizning mustaqil va demokratik respublikamiz hayotida tutgan o‘rni haqida so‘zlashdi.
Konstitutsiya qabul qilinganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan Prezident farmoniga ko‘ra viloyatning qator sohalarda uzoq va samarali mehnat qilgan bir guruh fidoyilariga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir so‘ngida Toshkentdan tashrif buyurgan va mahalliy san'at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish qilindi.
Shuhrat Shokirjonov,
KUN.UZ muxbiri.
B.Mustanov olgan suratlar
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024