O‘zbekiston | 12:00 / 22.12.2017
17192
2 daqiqa o‘qiladi

Oltin-valyuta zaxiralari 1,1 milliard dollarga ko‘paydi - Prezident

 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomasini taqdim etdi. 

«Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishdik. Yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo‘ldi. Chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalari hajmi liberalizatsiya davriga nisbatan 1,5 barobar oshib, o‘rtacha 1,3 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, davlatimizning oltin-valyuta zaxiralari 1,1 milliard AQSh dollariga ko‘paydi», deya prezident so‘zlarini keltirgan O‘zA

Prezidentning ma'lumot berishicha, joriy yilda O‘zbekistonda 12ta erkin iqtisodiy va 45ta sanoat zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va bu hududlarni jadal rivojlantirish imkonini bermoqda. Yaqin vaqt ichida yana 50 ta yangi sanoat zonasini tashkil etish bo‘yicha ish olib borilmoqda.